Jammatova Maqsuda Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
““Layli va Majnun” dostonining yozma va og‘zaki adabiyotdagi talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil571.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimboev Safarboy Ro‘zimboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor; Keruenov Turg‘unboy Arazmetovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan aytilgan “Layli va Majnun” dostoni, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni hamda shu nomda yangi topilgan Xorazmda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi va og‘zaki variantlarini o‘zaro qiyoslab, xalq ijodiyotiga aloqador syujetlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumtoz adabiyotimizda dostonlarning xalq ijodiyoti bilan aloqasi, asarning yaratilishi, an’anaviylik, umumiylik, genetik asoslari, syujetining shakllanishiga turtki bo‘lgan voqealar bayoni, obrazlari tizimi, badiiy tasvir vositalari aniqlanib, badiiy evolyusiyasi ochib berilgan;
doston syujetining yozma adabiyotga kirib kelishida ijodkorlarning hissasi, mumtoz syujet bilan dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti o‘rtasidagi qo‘lyozma matn mukammalligi, qofiyaning kelish tartibi, poetik aloqasi va “Layli va Majnun” syujeti juda mungli, marsiyanamo xususiyatga ega bo‘lgani, asrlar davomida qissaxonlar repertuaridan o‘rin egallagani ochib berilgan;
Xorazmdan topilgan “Layli va Majnun” dostonining qo‘lyozma nusxasi ilk marotaba Alisher Navoiyga mansub doston hamda turkiy versiyalar bilan qiyoslanib, doston syujetining muayyan ijodkor tomonidan individual qayta ishlanishi, syujetning an’anaviylik, umumiylik, alohidalik belgilari ochib berilgan;
yangi topilgan qo‘lyozma asarni yozma adabiyotdagi ayrim manbalar, baxshilar repertuaridagi og‘zaki variantlar bilan qiyoslashda mumtoz syujet voqealariga Xorazm arxaik eposida uchraydigan eranlar, chiltanlar, azizlar obrazining kiritilishi xalq ijodiyotiga, doston tarkibiga kiritgan muxammaslar, g‘azallar, bayt va murabba’ shaklidagi janrlar she’riyatning go‘zal namunalari sifatida aruz qonun-qoidalariga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Tadqiqotdagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalardan:
“Layli va Majnun” dostoni syujetining yozma adabiyotga kirib kelishi va evolyusiyasi, doston syujetining shakllanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar, mumtoz syujet bilan dostonning xalq variantlari o‘rtasidagi aloqa xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA QQB gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-O-43429 FA–F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 27 apreldagi 86/1-son ma’lumotnomasi). Natijada “Layli va Majnun” dostonining qo‘lyozma varianti, yozma adabiyotdagi ayrim manbalar, baxshi repertuaridagi og‘zaki variantlar bilan qiyosiy o‘rganish asosida mumtoz syujetning tarqalish doirasi va o‘ziga xos xususiyatlari dalillangan;
“Layli va Majnun” dostoni syujetining ilk manbalari va uning xalq orasida tarqalishi tahliliga bag‘ishlangan qismidagi materiallardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1 “Qoraqalpoq fol`klorshunoslagi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish (2017-2020) amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 27 apreldagi 86/1-son ma’lumotnomasi). Natijada yozma va og‘zaki adabiyotning o‘zaro aloqalari, ayrim syujetlarning millatlararo tarqalish tamoyillarini aniqlashga oid yangi manbalar ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan;
“Layli va Majnun” dostoni og‘zaki va yozma variantlariga oid dissertatsiya ishi natijalaridan tasviriy va amaliy san’at na’munalaridagi, qadimgi turkiy obidalardagi va xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qahramonlik obrazlarining tarixiy ildizlarini tadqiqi ilmiy nazariy jihatdan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-GO39-raqamli “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” nomli fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 11 iyundagi 1/216-son ma’lumotnomasi). Natijada nashr etilgan respublika va xorijiy nashrlarda, ilmiy-amaliy anjuman materiallarida chop etilgan ilmiy maqolalarida aks ettirilgan xulosa va tavsiyalari institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga tadbiq etilgan;
“Layli va Majnun” dostoni syujetiga oid turli afsona va rivoyatlar, doston voqealari ichiga Xorazm arxaik eposida uchraydigan azizlar obrazining kiritilishi va boshqa turli mifologik lavhalardan, Xorazmlik shoir Umar Boqiy tomonidan qissaxonlarga moslab yaratilgan nasriy bayonidan foydalanish to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Avesto” muzeyining faoliyatini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2021 yil 11 martdagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada “Layli va Majnun” dostonining turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek adabiyoti va fol`klorshunosligida tadqiq etilishi tarixiga oid ma’lumotlar asosida muzeyga tashrif buyuruvchi yoshlarga doston tarixi va mohiyati haqida ma’lumot beruvchi bukletlar tayyorlangan.
“Layli va Majnun” dostonining og‘zaki variantdan yozma shjodga kirib kelishi va uni ilmiy jihatdan yoritib berish, asarning xalfa variantidagi badehago‘yolik tamoyillarini tadqiq qilish haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi trening faoliyatlarida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 maydagi “04-12-08-2386-son ma’lumotnomasi). Natijada dostonning yozma va og‘zaki adabiyotda tarqalgan natijalaridagi umumiylik va alohidaliklarni tahlil qilish, doston badiiyatiga alohida munosabat bildirish kabi masalalarga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar treniglar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
“Layli va Majnun” dostonining xalq variantlariga oid qo‘lyozma va toshbosma nusxalaridan Xorazm Ma’mun Akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularni raqamlashtirilgan kutubxonasini yaratish amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Ma’mun Akademiyasining 2021 yil 31 maydagi 76/2-21-son ma’lumotnomasi). Natijada 17 (o‘n etti) noyob qo‘lyozmalar ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan;
“Layli va Majnun” dostoni yozma va og‘zaki materiallarning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari va unda o‘z ifodasini topgan milliy qadriyatlarning tarixiy asoslariga doir ilmiy-nazariy xulosalar, jumladan, dostonning xorazmlik shoir Umar Boqiy varianti asosida chiqarilgan nazariy umumlashmalardan Xorazm viloyat teleradio kompaniyasining “Qadriyat” radio eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradio kompaniyasining 2021 yil 1 martdagi 289-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm vohasi xalq dostonlarda o‘z ifodasini topgan umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini keng ko‘lamda targ‘ib etishga erishilgan, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi boshqa ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.