Islyamova Dilyara Rizaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy fortepiano musiqasi ijrochilik madaniyatining uslubiy tendensiyalari», 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/San90.
Ilmiy rahbar: Galushhenko Irina Georgievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Ul`masov Firuz Abdushukurovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Xakimova Afrida Xodjaevna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pianinochining ijrochilik madaniyatining uslubiy xususiyatlarini zamonaviy o‘zbek va xorijiy fortepiano musiqasi materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek zamonaviy ijodkorligi va ijrochilik an’analarida asarlardagi tempo-ritm, dinamika singari musiqiy ifodaviy vositalarning kompozision xususiyatlari milliy ijrochilik madaniyati bilan o‘zaro mushtarakligi isbotlangan;
umummilliy fortepiano ijrochiligida registr bo‘yoqlari yordamida musiqiy tembr imkoniyatlarining kengayishi, mazmunni yorituvchi impul`siv ritmika, fakturaning gorizontal, vertikal va diagonal holatda polifoniyalashuvi aniqlangan;
o‘zbek milliy fortepiano ijrochilik uslubida pianinochilarning cholg‘u bilan aloqa qilishida namoyon bo‘ladigan kechiktirilgan, vibratsiyalangan, tremolo pedallashuvchi g‘oya kabi milliy badiiy talqin xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek musiqa san’atidagi zamonaviy ijrochilikning vokal va cholg‘u san’atida individual ijrochi-mualliflik konsepsiyalariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy intonatsion, metroritmik va ladogarmonik uslubiy koordinatlarning mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar zamonaviy fortepiano musiqasi ijrochilik madaniyatining uslubiy rang-barangligiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotning ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalari asosida:
jahon va o‘zbek zamonaviy ijodkorligi va ijrochilik an’analarida asarlardagi tempo-ritm, dinamika singari musiqiy ifodaviy vositalarning kompozision xususiyatlari orqali milliy ijrochilik madaniyati bilan o‘zaro mushtarakligi xususida Erasmus + “MUSAE: San’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar//Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” Xalqaro loyihasida ma’ruza-treningi o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 02-11-10-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy fortepiano ijrochilik sohasidagi bilimlarni kengaytirishga yordam bergan;
umummilliy fortepiano ijrochiligida registr bo‘yoqlari yordamida musiqiy tembr imkoniyatlarining kengayishi, mazmunni yorituvchi impul`siv ritmika, fakturaning gorizontal, vertikal va diagonal holatda polifoniyalashuvi kabi masalalar asosida Erasmus + “MUSAE: San’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar//Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” Xalqaro loyihasida ma’ruza-treningi o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 02-11-10-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon fortepiano ijrochilik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini bergan;
o‘zbek milliy fortepiano ijrochilik uslubida pianinochilarni cholg‘u bilan ma’lum aloqa qilishida namoyon bo‘lgan kechiktirilgan, vibratsiyalangan, tremolo pedallashuvchi g‘oya asosida milliy badiiy talqin xususiyatlarini targ‘ib etish zaminida Erasmus + “MUSAE: San’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar//Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” Xalqaro loyihasida ma’ruza-treningi o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 02-11-10-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy fortepiano ijrochiligining asl mohiyati anglangan;
o‘zbek musiqa san’atidagi zamonaviy ijrochilikning vokal va cholg‘u san’atida individual ijrochi-mualliflik konsepsiyalariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy intonatsion, metroritmik va ladogarmonik uslubiy koordinatlari O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining musiqashunoslik seksiya yig‘ilishida taqdim etilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021 yil 21 iyunda berilgan 01-04/81-135-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy fortepiano musiqasi va ijrochiligi borasidagi xulosalar qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish