Ganjiev Feruz Furqatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishi», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.RhD/P105.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Utepberganov Marat Allanazarovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubova Go‘zal Asatullaevna,  psixologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarbiyachilarda kommunikativ passivlikni engish, frustratsiyani va mavhumlikni bartaraf etish, psixologik qarama-qarshilikni muvofiqlashtirish kabi xususiyatlar hissiy barqarorlikka asoslangan tashqi va ichki motivatsion yo‘nalganlikni shakllantirishi tufayli ularda muvaffaqiyatga erishish va kasbiy rivojlanish samaradorligining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi  isbotlangan;
tarbiyachilarda namoyon bo‘luvchi verbal kompetentlik, axloqiy ustanovkalar, emotsional barqarorlik kabi omillar mustaqil fikrni bayon qilaolmaslik, ishonchsizlik, xavotirlanish, shaxslararo munosabatga kirisha olmaslik kabi salbiy xususiyatlarni sekin-asta bartaraf etib borishi tufayli ularda ijtimoiy-psixologik kompetentlikning rivojlanishini ta’minlashi isbotlangan;
ekstraversiya tipiga mansub bo‘lgan tarbiyachilarda muloqotmandlik, insonlar orasida bo‘lishni yoqtirish, o‘z tuyg‘ularini ochiq ifoda eta olish, vaziyatlarga tez moslasha olish kabi sifatlarning ustuvor ahamiyat kasb etishi sababli ularning sotsial tajribalarni o‘zlashtirishga moyil bo‘lishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishga uquvli bo‘lishlari aniqlangan;
tarbiyachilarda o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqara olish, o‘z shaxsiy xususiyatlarini adekvat baholay olish va o‘z-o‘zini tartibga solish qobiliyatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning kommunikativ ziddiyatlarni bartaraf etishga intilishi kuchli bo‘lishi sababli har qanday vaziyatlarda ham o‘zlarida ishonch, jur’at va insonlar bilan munosabatning optimal yo‘llarini topa olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarini  rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarbiyachilarda kommunikativ passivlikni engish, frustratsiyani va mavhumlikni bartaraf etish, psixologik qarama-qarshilikni muvofiqlashtirish kabi xususiyatlar hissiy barqarorlikka asoslangan tashqi va ichki motivatsion yo‘nalganlikni shakllantirishi tufayli ularda muvaffaqiyatga erishish va kasbiy rivojlanish samaradorligining ortib borishi bilan bog‘liq xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Ijtimoiy psixologiya» modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi P–M–9-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixologlarni o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
tarbiyachilarda namoyon bo‘luvchi verbal kompetentlik, axloqiy ustanovkalar, emotsional barqarorlik kabi omillar mustaqil fikrni bayon qilaolmaslik, ishonchsizlik, xavotirlanish, shaxslararo munosabatga kirisha olmaslik kabi salbiy xususiyatlarni sekin-asta bartaraf etib borishi tufayli ularda ijtimoiy-psixologik kompetentlikning rivojlanishi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro hamda Navoiy viloyatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 02–02/2–793-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarini rivojlanishiga erishilgan;
ekstraversiya tipiga mansub bo‘lgan tarbiyachilarda muloqotmandlik, insonlar orasida bo‘lishni yoqtirish, o‘z tuyg‘ularini ochiq ifoda eta olish, vaziyatlarga tez moslasha olish kabi sifatlarning ustuvor ahamiyat kasb etishi sababli ularning sotsial tajribalarni o‘zlashtirishga moyil bo‘lishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishga uquvli ekanliklariga doir xulosalardan Buxoro hamda Navoiy viloyatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89–03–5340-son va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 02–02/2–793-son ma’lumotnomalari). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faoliyatida psixodiagnostik ishlarining samaradorligi oshirilgan;
tarbiyachilarda o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqara olish, o‘z shaxsiy xususiyatlarini adekvat baholay olish va o‘z-o‘zini tartibga solish qobiliyatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning kommunikativ ziddiyatlarni bartaraf etishga intilishi kuchli bo‘lishi sababli har qanday vaziyatlarda ham o‘zlarida ishonch, jur’at va insonlar bilan munosabatning optimal yo‘llarini topa olishi bilan bog‘liq xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 9-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologik trening» modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 02–02/2–793-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixologlar faoliyatining uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish