Ergashev Bexzod Zafarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli duragaylash asosida G.hirsutum L. turiga oid viltga bardoshli, yuqori tola sifati va chiqimiga ega bo‘lgan yangi boshlang‘ich ashyolar yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx344.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Babaev Yashin Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mutantlararo va ekologo-geografik uzoq shakllarni chatishtirish asosida o‘rta tolali g‘o‘zada tarqalgan vilt kasalligiga bardoshli, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan boshlang‘ich seleksion ashyolarni yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi va istiqbolli navlarga turli xil mutagenlarni ta’sir ettirish orqali ularning avlodlarini o‘rganish asosida aksariyat qimmatli-xo‘jalik belgilari saqlanib qolishi isbotlangan;
aksariyat qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik mutantlararo va ekologo-geografik uzoq duragay avlodlarida qiyosiy o‘rganish natijasida rekombinant o‘simliklar ajralib chiqishi hisobiga duragay avlodlarda yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
jahon kolleksiyasidagi Avstraliya va AQSh generatsiyalarida korrelyasion bog‘lanishlarning o‘zgarishi tahlil qilinib, bevosita seleksiya jarayoniga jalb etilgan, ya’ni tezpishar hamda tola sifati jahon bozori andozalariga javob beradigan yangi tizmalar ajratilgan;
xar xil duragaylash jarayonida miqdoriy belgilarning irsiyati o‘sishi natijasida ajratilgan generatsiyalarda tanlov ishlarining samarasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta tolali g‘o‘zaning tezpishar shakllarini yaratishda turli mutantlarni duragaylash samarasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ekolo-geografik uzoq ya’ni, Avstraliyaning Luiza, Karmen, Sicala C, Australe namunalari, AQShning Acala 70, Acala 72, Acala 74 navlari bilan mahalliy navlar hamda mutantlararo chatishtirish natijasida olingan duragaylar vilt zamburug‘iga bardoshli boshlang‘ich ashyo sifatida seleksioner olimlarga tavsiya etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/0204594-son ma’lumotnomasi). Natijada mutantlararo duragaylarni G‘3 (M1 Barhayot I ETxM1 BM 7,5:1) va G‘3 (M1 Barhayot So-1xM1 Sulton So-2) oilalari, Avstraliya namunalari ishtirokida olingan G‘3 (09812 Sicala3-2xS-8284) hamda Amerika namunalari ishtirokidagi G‘3 (Acala-74xBuxoro-60) va G‘3 (Acala-70xS-2609) oilalarida vilt kasalligiga o‘ta bardoshli oilalar tanlab olingan;
olib borilgan tadqiqotlar natijasida turli xil duragaylash asosida aksariyat qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan T-44, T-211 va T-401 tizmalari ajratib olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/0204594-son ma’lumotnomasi). Ushbu tizmalarda tola chiqimi 38,1-40,1 %, hosildorligi 38,3-42,5 s/ga, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,2-4,6, tola uzunliggi 1,14-1,20 dyuym, tola birxilligi 81,3-85,7 % ni tashkil etgan;  
bir necha yillik tajribalar asosida laboratoriyada tola hosildorligi yuqori, tezpishar, yuqori tola indeksli yangi S-2621 navi yaratilgan va Respublikamiz nav sinash shaxobchalariga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/0204594-son ma’lumotnomasi). Mazkur navning birlamchi urug‘chilik ishlari Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida  1,2 ga maydonda  tashkil etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish