Xudaybergenov Baxram Kuanishbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat ishini qo‘zg‘atish jinoyat-protsessual institut sifatida», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu513. 
Ilmiy rahbar: Xidoyatov Baxtiyar Batirovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliq.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishini qo‘zg‘atish institutining muammolarini kompleks o‘rganish, shuningdek, olingan natijalar asosida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha nazariy xulosalar, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovchi, surishtiruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi qonuniylik va asoslantirilganlikni tekshirish uchun jinoyat ishini tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuborilishi shartligi asoslantirilgan;
jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega shaxslar toifasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsni kiritish hamda shaxs yoki uning qilmishi e’lon qilingan amnistiya aktiga daxldorligi aniqlanganda faqat sud tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etishi shartligi va protsessual tartibi asoslantirilgan;
tergovchi, surishtiruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi hamda belgilangan tartibda tergovga tegishliligiga ko‘ra boshqa tergov yoki surishtiruv organiga yuborilishi mumkinligi asoslantirilgan;
jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida prokuror nazoratini ta’minlash maqsadida prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi va ish qo‘zg‘atishni rad qilishi yoki rad qilish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga vakolatli ekanligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish institutini tadqiq etish natijalari asosida:
tergovchi, surishtiruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi qonuniylik va asoslantirilganlikni tekshirish uchun jinoyat ishini tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuborilishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 331-moddasi 3-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06-15/31-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida protsessual qarorlar qabul qilishda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega shaxslar toifasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsni kiritish hamda shaxs yoki uning qilmishi e’lon qilingan amnistiya aktiga daxldorligi aniqlanganda faqat sud tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etishi shartligi va protsessual tartibi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 333-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06-15/31-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi  jinoyat protsessi ishtirokchilarining protsessual huquqlarini aniq belgilashda xizmat qilgan;
tergovchi, surishtiruvchi va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi hamda belgilangan tartibda tergovga tegishliligiga ko‘ra boshqa tergov yoki surishtiruv organiga yuborilishi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 336-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06-15/31-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida dastlabki tergov va surishtiruv organlari tomonidan protsessual harakatlarni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan;
jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida prokuror nazoratini ta’minlash maqsadida prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi va ish qo‘zg‘atishni rad qilishi yoki rad qilish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga vakolatli ekanligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 337-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06-15/31-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida prokuror nazoratini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish