Achilov Izzat Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ob’ektni jinoyatning bir elementi va uning malakasi uchun ahamiyati», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu202.
Ilmiy rahbar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Palvanov Marat Biembetovich, yuridik fanlar nomzodi; Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ob’ekti masalasini, uning o‘ziga xos jihatlarini, tasniflanishini kompleks tahlil qilish, jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda jinoyat ob’ektining nazariy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, tadqiq etilayotgan mavzuga oid jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani, sud-tergov amaliyotini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ijrochisining ish yurituvidagi sud hujjatining o‘z muddatida ijro etilishini ta’minlash chorasining ko‘rmasligi sud hujjatini ijro etmaslik hisoblanmasligi, balki jinoyat ob’ektidan kelib chiqib boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi asoslangan;
ruhiy holat yoki sog‘liqning buzilishi jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ekti ekanligi hamda qasddan badanga og‘ir shikast etkazishda oqibat sifatida ko‘rilishi asoslab berilgan;
tilanchilik qilish jinoyatning turdosh ob’ekti xususiyatlariga ko‘ra oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar qatoriga kirishi isbotlangan;
jamoat xavfsizligi jinoyat ob’ekti sifatida shaxs, jamiyat va davlatning jinoyatlar va boshqa huquqqa hilof qilmishlardan himoyalanganlik darajasini anglatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat ob’ektini va uning qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyatini tadqiq etish natijalari asosida:
davlat ijrochisining ish yurituvidagi sud hujjatining o‘z muddatida ijro etilishini ta’minlash chorasining ko‘rmasligi sud hujjatini ijro etmaslik hisoblanmasligi, balki jinoyat ob’ektidan kelib chiqib boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 2009 yil 10 avgustdagi 7-son qarorining 11-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 19 sentyabrdagi 01/X-755-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud hujjatini ijro etish bo‘yicha choralarni davlat ijrochisi tomonidan ko‘rilmasligi ko‘rinishidagi jinoyatning ob’ektini aniq belgilashga xizmat qilgan;
ruhiy holat yoki sog‘liqning buzilishi jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ekti ekanligi hamda qasddan badanga og‘ir shikast etkazishda oqibat sifatida tan olishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 12 sentyabrdagi O‘RQ–567-son Qonuni 2-moddasining 12-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 17 iyundagi 5/4-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qasddan badangan og‘ir shikast etkazishda tajovuz ob’ekti va oqibatni aniqlashga xizmat qilgan;
tilanchilik qilish jinoyatning turdosh ob’ekti xususiyatlariga ko‘ra oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar qatoriga kirishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ–514-son Qonuni 1-moddasining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 17 iyundagi 5/4-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tilanchilik qilishning yoshlarga, oilaga va axloqqa qarshi jinoyat sifatida tan olinishiga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligi jinoyat ob’ekti sifatida shaxs, jamiyat va davlatning jinoyatlar va boshqa huquqqa xilof qilmishlardan himoyalanganlik darajasini anglatishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 31 maydagi 91-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Bozorlar va savdo yarmarkalari hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Yo‘riqnomaning 1-bandi 4-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 14 iyuldagi 26/2001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jamoat xavfsizligini jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ekti sifatida aniq belgilanishiga xizmat qilgan.