Ochilov Ilyos Keldiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlili metodologiyasini takomillashtirish”  08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Iqt190.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.1.17.01
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta tashkilot buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilning takomillashgan tarkibini, unda qo‘llaniladigan hisob siyosati va iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini, ularni baholash va tahlil qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan hamda ularni nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan taklif tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob ob’ektiga shartnomalar bo‘yicha depo mukofotlarga hisoblangan foizlar, tant`emalar va yig‘imlar, syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatishdan olingan daromadlarni kiritish, tan olish asosida sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq daromadlar tarkibi qayta shakllantirilgan;
sug‘urta tashkilotlari hisob siyosatida birlamchi hisob hujjatlari hamda sintetik va analitik hisob registrlari axborotlarini o‘zaro bog‘liqligi tizimlashtirish shakli ishlab chiqilgan va shu asosida moliyaviy axborotlarni ishonchliligi va shaffofligi ta’minlash asoslangan; 
sug‘urta tashkilotlarida 2600 “Sug‘urta da’vo ishini yuritish xarajatlari”, 2010- «Umumiy sug‘urta ishini yuritish xarajatlari» hamda 2020 - «Hayot sug‘urta ishini yuritish xarajatlari» ishchi sintetik schyotlarini kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlarining daromad va xarajatlari sug‘urta va depozit komponetlariga bo‘lib hisob ob’ekti sifatida tan olish uslubiyotini kiritish asosida  moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uyg‘unlashtirish asoslangan;
dastlabki uslubiy, tashkil etish bosqichilari hamda hisobot sanalari o‘rtasidagi farq muddatlarini belgilash asosida sug‘urta tashkilotlarida konsolidasiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish va uni taxlili takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlili metodologiyacini takomillashtirish acocida olingan ilmiy natijalar acocida:
hisob ob’ektiga shartnomalar bo‘yicha depo mukofotlarga hisoblangan foizlar, tant`emalar va yig‘imlar, syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatishdan olingan daromadlarni kiritish, tan olish asosida sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq daromadlar tarkibi bo‘yicha taklifi “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ hisob siyosatiga kiritilgan (“KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 3 noyabrdagi 01-01/2737 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish, muddatidan ilgari tugatish (tugatish) va tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan aktivlari va majburiyatlarini tan olish, tasniflash, sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq asosiy faoliyat daromadlari tarkibi qayta shakllantirishga va moliyaviy natijalarni shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan;
sug‘urta tashkilotlari hisob siyosatida birlamchi hisob hujjatlari hamda sintetik va analitik hisob registrlari axborotlarini o‘zaro bog‘liqligi tizimlashtirish shakli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan normativ-xuquqiy xujjatlarni, "ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 06/17-01-35/28-son, "ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 23 sentyabrdagi 04-1265-son ma’lumotnomalari). Natijada sug‘urta tashkilotlarida hujjatlar aylanishini samarali tashkil etish orqali  dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot shakllarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda o‘zaro axborot o‘tkazishda mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash asosida moliyaviy hisobotlar, soliq hisobotlari shaffof va ishonchligi ta’minlangan;
sug‘urta tashkilotlarida 2600 “Sug‘urta da’vo ishini yuritish xarajatlari”, 2010- «Umumiy sug‘urta ishini yuritish xarajatlari» hamda 2020 - «Hayot sug‘urta ishini yuritish xarajatlari» ishchi sintetik schyotlarini kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirish bo‘yicha taklifi "ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan ("ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 23-sentyabrdagi 04-1265-son, “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 3-noyabrdagi 01-01/2737-son ma’lumotnomalari), Natijada sug‘urta sohalari va turlari kesimida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishini yuritish xarajatlarni hisobga olish alohida sug‘urta turlari bo‘yicha yuritilishi ta’minlash, sug‘urta mahsulotlarining tannarxni aniqlash, uni tarkibini tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga  imkoniyat yaratgan; 
sug‘urta tashkilotlarining daromad va xarajatlari sug‘urta va depozit komponetlariga bo‘lib hisob ob’ekti sifatida tan olish uslubiyotini kiritish asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan  normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 06/17-01-35/28-son ma’lumotnomasi) Natijada, daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq buxgalteriya axborotini shakllantirish, sug‘urta tashkilotlarining o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib hisob siyosatini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda e’lon qilish amaliyotini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar(MHXS) asosida yuritishga imkoniyat yaratgan; 
dastlabki uslubiy, tashkil etish bosqichilari hamda hisobot sanalari o‘rtasidagi farq muddatlarini belgilash asosida sug‘urta tashkilotlarida konsolidasiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda, "ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalanilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 06/17-01-35/28 son, "ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 23 sentyabrdagi 04-1265-son ma’lumotnomalari). Natijada, sug‘urta tashkilotlarining konsolidasiya-langan moliyaviy hisobotlarini shakllanishida barcha sug‘urta tashkilotlari uchun buxgalteriya ma’lumotlarini xalqaro amaliyot talablari doirasida bir xilligini va uni tahlil qilish mezonlarining yagona tizimi ta’minlagan va hisobotlarni yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, umumlashtirishni eng maqbul usulini tanlash orqali konsolidasiya tartibini optimallashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish