Jo‘raev Muhiddin Utkurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu239.
Ilmiy rahbar: Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlarining odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan keng foydalanish, shuningdek odam savdosi bilan bog‘liq axborotlarni tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga taqdim etishlari zarurligi asoslantirilgan;
Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etishda davlat organlari, shu jumladan, ichki ishlar organlari hamda boshqa idora va tashkilotlarning Toshkent shahar muassasalari kesimidagi sohaga oid ma’lumotlarini o‘zida jamlovchi, tahlil qiluvchi va qayta ishlovchi yagona axborot tizimini joriy etish zarurligi asoslantirilgan;
Turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash shartnomalardan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi hamda turizm namoyishi ob’ektida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yo‘nalishlari xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishgan holda tasdiqlanishi zarurati asoslantirilgan;
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maqomini bosh boshqarma etib qayta tashkil etish hamda uning boshlig‘i zimmasiga viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish mexanizmlarini samarali va to‘laqonli ravishda amalga oshirish borasida shaxsiy javobgarlik yuklanishi zarurligi asoslantirilgan;
Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etishda viloyatning tuman (shahar)larini to‘rtta mintaqaviy boshqarish hududlariga ajratish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ichki ishlar organlarining odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish, jumladan zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga axborot taqdim etish bo‘yicha vakolatlarini belgilash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustda qabul qilingan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-633-son qonunining 11-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 2021 yil 25 yanvardagi 06/2-06/3724-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi, Ichki ishlar vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini boshqarishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida ichki ishlar organlari hamda boshqa idora va tashkilotlarning shahar muassasalari kesimidagi sohaga oid yagona axborot tizimini joriy etish doir takliflar ««Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 176-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi, «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari va axborot resurslarida mavjud bo‘lgan Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy ma’lumotlardan ichki ishlar organlarini boshqarishda samarali foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
Turizm namoyishi ob’ektida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yo‘nalishlari xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishgan holda tasdiqlanishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 669-sonli «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi ob’ektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 3-bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 178-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi, ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha faoliyatini boshqarishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maqomini bosh boshqarma etib qayta tashkil etish hamda uning boshlig‘i zimmasiga viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish mexanizmlarini samarali va to‘laqonli ravishda amalga oshirish borasida shaxsiy javobgarlik yuklanishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi PQ-4343-son «Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarorining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 177-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etish hamda uning boshlig‘i zimasiga ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni yuklashga xizmat qilgan;
Toshkent viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarni aholiga bevosita yaqin hududlarda yanada samarali joylashtirish maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi ichki ishlar organlarining tuzilmalarini yanada maqbullashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi PQ-4343-son «Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarorining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 177-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini to‘rtta mintaqaviy hududlari bo‘yicha optimal taqsimlagan holda ichki ishlar organlarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etishga xizmat qilgan.