Xolboev Golibjon Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Elektr tarmoqlarining taqsimlash qurilmalarida avtomatik zahiralarni kiritish tizimlarini takomillashtirish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1969.
Ilmiy rahbar: Baranova Marina Petrovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxonovich texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdurashid To‘xtasinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr ta’minoti samaradorlgi va ishonchliligini oshirish uchun elektr ta’minoti taqsimlash qurilmalarida zahirani avtomatik ulash tizimlari ishlashini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tez ishlovchi zahirani avtomatik kiritish qurilmasi releli himoya va elementlarning bog‘lanishlari asosida takomillashtirilgan;
tez ishlovchi zahiraning avtomatik kiritish tizimi samaradorligini oshirish usuli mikroprotsessorli boshqarish asosida ishlab chiqilgan;
tez ishlovchi zahiraning avtomatik kiritish tizimini boshqarish algoritmi texnologik jarayonning talablarinini inobatga olish asosida ishlab chiqilgan;
elektr ta’minotidagi avariya holatlarining sabablari va xisoblash usuli dispersiya va omillar tahlili asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish va boshqarish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr tarmoqlarining taqsimlash qurilmalarida tez ishlovchi zahirani avtomatik ulash sxemasi 4-Gidrometallurgiya zavodida (Navoiy kom-metallurgiya kombinati DK 2021 yil 25 iyundagi 02-07-05/6659-son ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada, elektr ta’minoti qisqa muddatli uzilishlar holatlarida ishga tushirish moslamasining ishlash vaqtini 37 millisekundgacha qisqartirish imkoni yaratilgan;
texnologik jarayonning avariyali to‘xtab qolishi natijasida etkazilgan zararni hisoblash usuli 4-Gidrometallurgiya zavodida (Navoiy kom-metallurgiya kombinati DK 2021 yil 25 iyundagi 02-07-05/6659-son ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada texnologiyaning to‘xtab qolishi va qayta ishlash rejasidan ortda qolishidan ishlab chiqarishga etkaziladigan zararni 2195 tonna rudaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
minimal kuchlanishdan himoyalangan yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmalarida tez ishlovchi zahirani avtomatik ulash usuli 4-Gidrometallurgiya zavodida (Navoiy kom-metallurgiya kombinati DK 2021 yil 25 iyundagi 02-07-05/6659-son ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada kuchlanish pasayishlari sababli avariyali to‘xtashlar yo‘qligi yiliga 282,9 mln. so‘m xarajatlarni tejash imkonini bergan.