Sulaymonova Saodat Usubxonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1122. 
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Artiqova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan elektron va animatsion ta’lim resurslari bazasini ishlab chiqish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirishning o‘quv mazmundagi ekologik integrativ topshiriqlar, ekologik muhit, tabiat bag‘riga sayyohat kabi pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik alifbe” harflari bo‘yicha maqol, matal, hikoya, she’rlar aytish, tavsiflash, masalalar echish kabi pedagogik topshiriqlarni bajarish metodlari interfaol ta’lim texnologiyasi (STEAM) va didaktik vositalar (nostandart testlar, muammoli video topshiriqlar, animatsiyalar) asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish jarayonining metodik ta’minoti analitik fikrlashga yo‘naltirilgan maqsadli, mazmunli, diagnostik tamoyillarga tayangan  holda integratsion va innovatsion faoliyatni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik tushunchani animatsion yondashuv asosida rivojlantirishning modernizatsiyalashgan axborot-dasturiy ta’minot vositalarini samarali tadbiq etish imkoniyatlariga ega didaktik tuzilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan elektron va animatsion ta’lim resurslari bazasini ishlab chiqish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan, o‘quvchilarda ekologik tushunchani animatsion yondashuv asosida rivojlantirishning klasterli modeli ishlab chiqilgan va innovatsion tamoyillariga ko‘ra takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan boshlang‘ich sinflardagi “Atrofimizdagi olam” fanining milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 20 noyabrdagi 01/11-03/03-1372-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik topshiriqlarni bajarish metodlari, interfaol ta’lim texnologiyasi (STEAM) va didaktik vositalar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi 434-son qarorining 2-ilova 32-bandi ijrosini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 20 noyabrdagi 01/11-03/03-1372-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish jarayonining metodik ta’minoti analitik fikrlashga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga doir amaliy takliflaridan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi (2015-2017 yillar) amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabr` 89-03-4301-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish jarayonida mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish