Eshonqulov Sherzod Ummatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Elektron ta’lim muhitida talabalarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2935.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennadievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar  ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional, kontentli, texnologik va kommunikatsion komponentlariga bulutli texnologiyalarni qo‘llash, variatsion hamda xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan individual topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarni loyihalash faoliyatiga tayyorgarligini takomillashtirish yoshi, shaxsiy xususiyatlari, boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, loyihalash kompetentligini shakllantirish jarayonini individuallashtirishga imkon beruvchi fasilitatsion ta’sir traektoriyasi o‘zgargan sharoitlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi muammoli-modulli va freymli pedagogik texnologiyalar, ehtiyojlar, qiziqish, maqsad-motivatsiyalar, kooperatsiya, kollaboratsiya va refleksiya konstruktivligi darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi fanlararo gorizontal va vertikal integratsion tashkiliy-boshqaruv va pedagogik kasbiy faoliyat turlariga tayyorlash metodikasi trenaj tayyorgarlikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va didaktik mobil ilovalariga ierarxik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional, kontentli, texnologik va kommunikatsion komponentlariga bulutli texnologiyalarni qo‘llash, variatsion hamda xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan individual topshiriqlar kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-366-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, talabalar loyihalash kompetentligini  rivojlantirish imkonini yaratgan; 
bo‘lajak muhandislarni loyihalash faoliyatiga tayyorgarligini takomillashtirish yoshi, shaxsiy xususiyatlari, boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, loyihalash kompetentligini shakllantirish jarayonini individuallashtirishga sharoit yaratib beruvchi fasilitatsion ta’sir traektoriyasi o‘zgargan sharoitlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar oid takliflar PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteninig 2021 yil 28 sentyabrdagi 02-07-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishni amalga oshirishning metodik shart-sharoitlarini aniqlashimkoni oshirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi fanlararo gorizontal va vertikal integratsion tashkiliy-boshqaruv va pedagogik kasbiy faoliyat turlariga tayyorlash metodikasi trenaj tayyorgarlikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va didaktik mobil ilovalariga ierarxik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-366-sonli nashr ruxsatsnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarda loyihalash kompetentligini rivojlantirishni muammoli-modulli va freymli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish