Norkulov Doniyorbek Raxmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasini regional xususiyatlari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Ped2027.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, bilogiya fanlari doktori, dotsent; Xurramov Jasur Qo‘ylievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi regional hususiyatlarni hisobga olib, tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-qizlarining jismoniy tarbiyasi uchun zaruriy harakat sifatlarini takomillashtiridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-qizlarining umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini  oshirish uchun zaruriy harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan variativ tanlashga asoslangan  organizmning ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha butun tanani mustahkamlovchi kardio mashg‘ulot vositalari, portlovchi kuch va muvozanatni rivojlantiruvchi «Ko‘chma zina» modelini ishlab chiqish hisobiga maxsus va yordamchi mashqlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
tibbiyot yo‘nalishida professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarning organizmining  etarli rivojlanmagan muvozanatini tiklash va to‘ldirish uchun gipokineziyani (pastki  mushaklardagi eng kichik harakat faolligi doirasi etarli bo‘lmagan holati) oldini olishga qaratilgan statik mashqlarni etti bosqichli uch burchak (Alpinist) metodini ishlab chiqish hisobiga cheklangan temp va harakat doirasi bilan tana qismlari bo‘yicha mashqlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarda kuzatilayotgan gipodinamiyani (jismoniy xarakatchanlikni pasayishi) oldini olishga qaratilgan organizmning dumg‘aza va pastki mushaklariga kichik hajmda mashqlar yuklama shiddatlaridagi berilgan vaqtni qisqartirib aerob sharoit uchun ikkita bosqichda to‘lqinli harakat metodini ishlab chiqish hisobiga harakat faolligi oshirilgan;
tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarning zaruriy harakat sifatlarini rivojlanishi va jismoniy tayorgarligi darajasiga ta’sir etish  hususiyatlaridan kelib chiqqan holda maxsus mashqlar majmuasini individual variativ tanlash (SP) platformasini o‘z vazni, bo‘yi va yoshiga nisbatan ishlab chiqish hisobiga kasbiy faoliyatlari uchun yuqori jismoniy faollik darajasini saqlab turish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona shahridagi tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim  muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini  oshirishga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
o‘quvchi-qizlarning jismoniy tayyorgarlik jarayonini oshirish uchun joriy  qilingan foydali modeli «Ko‘chma zina» (Patent mualliflik huquqini ro‘yxatga olish raqami 02058) Farg‘ona shahar tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim  muassasalarida tahsil olayotgan  o‘quvchi-qizlar o‘quv mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchi-qizlarning maxsus mashqlar orqali bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun turli variantlarda tanlash imkoniyati yaratilgan va o‘quvchi-qizlarni  jismoniy tayyorgarligi holati 13,9% ga yaxshilangan;
organizimning etarli rivojlanmagan muvozanatini tiklash va to‘ldirish uchun  o‘quvchi-qizlarni cheklangan temp va harakat doirasi bilan tana qismlari bo‘yicha mashqlantirish imkoniyati bo‘yicha takliflar  Farg‘ona shahar tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim  muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlarning “Jismoniy tarbiya” mashg‘ulotlarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchi-qizlarning  egiluvchanlikni va muvozanatni ushlashga yo‘naltirilgan xarakteridagi kombinatsiyalangan mashqlarni nafas mashqlari bilan uyg‘unlikda bajarish harakat faolligi darajasi  19,1% ga o‘sishga erishilgan;
o‘quvchi-qizlarda kuzatilayotgan gipodinamiyani oldini olish uchun aerob sharoitlarda harakat faolligi oshurishga qaratilgan kichik hajmda mashqlarni  yuklama shiddatlarida qo‘llash imkoniyatlari mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchi-qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 12,4 % ga oshgan;
o‘quvchi-qizlarning zaruriy harakat sifatlarini rivojlantirish uchun maxsus mashqlarni platforma sifatida foydalanish bo‘yicha takliflar Farg‘ona shahar tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya darslari va mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchi-qizlarning o‘z vazni, bo‘yi va yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayorgarligi 14,2% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish