Kadirova Yakitjan Buvabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sub’ektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2804.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yunusova Munavvar Sabirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sub’ektli-ahloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning huquqiy immuniteti shaxs, oila, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning sifati va miqdorini tushunish, mos rivojlantirish omillarni jamiyat konsolidatsiyasi g‘oyasi va sodiqlikka qat’iy yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning fuqarolik madaniyati intellektual, motivatsion, qiymat va tartibga solish xususiyatlarining birligida namoyon bo‘lishi hamda ularning huquqiy-axloqiy sifatlarini individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
yoshlarda huquqiy immunitetni rivojlantirish modeli kasbiy va axloqiy o‘zini o‘zi anglash, xulqning strukturali komponentlarini jamiyatning huquqiy muammolariga faol munosabatini ta’minlashga refleksiv-ongli munosabatda bo‘lish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning huquqiy immuniteti ularning ijtimoiy munosabatga kirishish tuyg‘ulari, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida shakllanishi va rivojlanishi, muloqotining barcha sohalarida moslashish va individuallashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sub’ektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning huquqiy immuniteti shaxs, oila, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning sifati va miqdorini tushunish, mos rivojlantirish omillarni jamiyat konsolidatsiyasi g‘oyasi va sodiqlikka qat’iy yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar KA-1-003-raqamli «Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 1 dekabrdagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchisining huquqiy immunitetini rivojlantirish tamoyillarining pedogogik imkoniyatlari kengaytrilgan;
o‘quvchilarning fuqarolik madaniyati  intellektual, motivatsion, qiymat va tartibga solish xususiyatlarining birligida namoyon bo‘lishi hamda huquqiy-axloqiy sifatlarini individual o‘quv traektoriyasiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124-raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 1 dekabrdagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda sub’ektli-ahloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirishning pedogogik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
yoshlarda huquqiy immunitetni rivojlantirish modeli kasbiy va axloqiy o‘zini o‘zi anglash, xulqning strukturali komponentlarini jamiyatning huquqiy muammolariga faol munosabatini ta’minlashga refleksiv-ongli munosabatda bo‘lish asosida takomillashtirishga oid takliflar KA-1-003-raqamli «Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 1 dekabrdagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda sub’ektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini strukturaviy komponentlarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning huquqiy immuniteti ularning ijtimoiy munosabatga kirishish tuyg‘ulari, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida shakllanishi va rivojlanishi, muloqotining barcha sohalarida moslashish va individuallashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124-raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 1 dekabrdagi 02-07-3842/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, sub’ektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkonini yaratgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish