G‘ofurov Azizbek Umarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kurashchilarning bazaviy hatti-harakatlarini koordinatsiya mashqlaridan foydalangan holda takomillashtirishning metodologik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped290.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxo‘jaev Talat Saidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh belbog‘li kurashchilarning bazaviy hatti-harakatlarini koordinatsiya mashqlaridan foydalangan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh belbog‘li kurashchilarda bellashuv jarayonidagi hujum harakatlarini o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan “kurashchilarning ko‘chma trenajyori” orqali doimo bir xil qarshilikni saqlab turish hamda usulni yakuniy fazagacha olib bormaslik hisobiga mashg‘ulotlarda jarohatlanishni oldini olish imkoniyati takomillashtirilgan;
yosh belbog‘li kurashchilarni tayyorgarlik bosqichida asosiy usullarga o‘rgatish uchun kiftlash, ilish va to‘sib tashlash harakatlari treaktoriyasini har bir fazalarini aniq amplituda yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy xatti-harakatlari shakllantirish hisobiga hujum harakatlarining dastlabki texnik elementlarga o‘rgatishda imkoniyati kengaytirilgan;
yosh belbog‘li kurashchilarni bellashuv vaqtida texnik faoliyatning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun tabaqalashtirilgan anaerob tiklanuvchi rejmda tezlik va reaksiya qobiliyatini, aerob rivojlantiruvchi hamda aralash rejimda koordinatsion harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan majmuaviy  tayyorlash modulini ishlab chiqish hisobiga xujum qilish vaziyatini nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik, muvozanat qobiliyatilarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “ko‘p funksiyali stoyka” trenajyori orqali to‘sib tashlash usulidagi tezkor kuch mashqlarini to‘ldirma to‘pda maxsus usullarga bog‘liq holda mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh belbog‘i kurashchilarning bazaviy hatti-harakatlarini koordinatsiya mashqlaridan foydalangan holda takomillashtirishning metodologik asoslari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
yosh belbog‘li kurashchilarda bellashuv jarayonidagi hujum harakatlarini yakuniy fazagacha olib bormaslik hisobiga mashg‘ulotlarda jarohatlanishni oldini olish bo‘yicha takliflar “Kurash turlarini o‘qitish metodikasi” (belbog‘li kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’li vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 356/7-129-raqamli guvohnoma).  Natijada kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarlik bo‘yicha 6 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha nisbiy o‘sishining o‘rtacha arifmetik qiymati 11 % ga yaxshilangan;
yosh belbog‘li kurashchilarni tayyorgarlik bosqichida asosiy usullarga o‘rgatish treaktoriyasini har bir fazalarini aniq amplituda yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy xatti-harakatlari shakllantirishga qaratilgan takliflar Qo‘qon shahar 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi, Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yil 23 dekabrdagi 03-07-08-3675 son dalolatnoma). Natijada BO‘SMlarida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli kurashchilarning texnik-taktik harakatlari 14-16 %ga takomillashtirilgan;
yosh belbog‘li kurashchilarni bellashuv vaqtida texnik faoliyatning tabaqalashtirilgan anaerob tiklanuvchi rejimda tezlik va reaksiya qobiliyatini, aerob rivojlantiruvchi hamda aralash rejimda koordinatsion harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan majmuaviy  tayyorlash modulini qo‘llash bo‘yicha takliflar Qo‘qon shahar 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh belbog‘li kurashchilar o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yil 23 dekabrdagi 03-07-08-3675-son dalolatnoma). Buning natijasida yosh kurashchilarning koordinatsion harakatlari 9,7% ga yaxshilangan;
yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik, muvozanat qobiliyatilarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “ko‘p funksiyali stoyka” trenajyori orqali to‘sib tashlash usulidagi tezkor kuch mashqlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Kurash turlarini o‘qitish metodikasi” (belbog‘li kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’li vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 356/7-129-raqamli guvohnoma). Natijada yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik, muvozanat qobiliyatilarini rivojlantirish imkoniyati 16-18 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish