Nadim Muhammad Humoyunning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlarining tizimiy va leksikografik xususiyatlari”, 10.00.01 – “O‘zbek tili” (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1490.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Sidiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Afg‘oniston hududida yashovchi o‘zbek elatlarining to‘y marosimlariga oid etnografik leksikaning tilda aks etishini ko‘rsatish, etnografizmlarning etnomadaniy, leksik-semantik va leksikografik xususiyatlarini aniqlash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklarining to‘y-marosim va u bilan bog‘liq bo‘lgan  Islom dini va u asosida shakllangan etnografizmlarning  hudud aholisi etnomadaniy hayotiga, turmush-tarziga ta’sir qiluvchi omil ekanligi tarixiy lug‘atlar va og‘zaki nutqda uchraydigan etnografizmlar asosida ochib berilgan;
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y-marosim etnografizmlarni  bir til oilasi doirasida(o‘zbek va turk) va turli tizimli tillar asosida(o‘zbek va fors) lug‘atlashtirish lozimligi  belgilab berilgan; 
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y-marosim etnografizmlarining lingvistik jihatdan tarixiy-etimologik kelib chiqishining  ildizlari VII asrga borib taqalishi  va XV asrda to‘liq shakllanganligi dalillangan;
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari marosimlarida O‘zbekiston Respublikasi  hududida uchramaydigan to‘y-marosim etnografizmlarining ma’noviy, mavzuiy hamda shakliy jihatdan farqlanishi aniqlanib, ikki hududda ham mushtarak-teng ishlatiladigan bir tilda muloqot qiluvchi insonlar turmush-tarzida bir xil ifodalanadigan etnoleksik birliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y-marosim etnografizmlarini leksikografik hamda tizmiy tadqiq qilish asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari etnografik leksikasini qiyosiy, etimologik, statistik, semantik-struktur tahlil qilish asosida ularni izohli lug‘atlarda berish, bosh so‘z va uning lug‘at maqolasi tartibni berish haqidagi nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 apreldagi 17.01/108-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq naql-maqollarida etnografizmlarning shakllanishi bilan bilan bog‘liq tarixiy manbalarni o‘rganish asosida to‘y-marosim etnografizmlarining tasnifi, ularning o‘ziga xosligi, paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, etnoleksik birliklarni mavzuiy guruhlarga ajratish asoslari ochib berilgan;
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlari izohli lug‘ati”ni tuzishning ilmiy asoslarini yaratish haqidagi tavsiyalardan Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlari izohli lug‘atini yaratishda foydalanilgan (Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlari qisqacha izohli lug‘ati [Matn]: lug‘at. – Mazori Sharif: Do‘ston nashr-matbaa, 2021. – 102 b. ISBN 978-9936-1-0411-2 ). Natijada Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlari izohli lug‘ati yaratilgan;
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimlariga oid materiallar asosida Afg‘oniston Respublikasi Balx viloyatining Paykon televideniyasi tomonidan tayyorlangan “Payki pago” dasturida foydalanilgan (Paykon televideniyasining 2021 yil 21 yanvardagi 41-son ma’lumotnomasi, https://youtu.be/DWaXdmtjyyE). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy va madaniy mazmunining boyishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish