Mo‘minova Nargiza Sabitdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining mediakompetentligini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1725.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari  nomzodi dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarii direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01. 
Rasmiy opponentlar: Majidova Ra’no Urishevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining mediakompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari mediakompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga media tushunchalarni kiritish, o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish kompetensiyalarning namoyon bo‘lishini bosqichma-bosqich dinamik o‘zgaruvchanligining tizim komponentlari bilan bevosita integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining mediakompetentligi rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti tizimli, faoliyatga doir, akmeologik motivatsiya o‘z-o‘zini yo‘naltirish  bilan  media-ijodkorligini tizimli boyitib borishga doir materiallarning amaliy ahamiyatlilik darajasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari mediakompetent-ligini rivojlantirishning metodik usullari mustaqil malaka oshirishning variativ va aralash ta’limga asoslangan adaptiv shaklini kooperatsiya va kollaboratsiyali o‘qitish texnologiyalari bilan integratsiyasi ta’sir darajasini media ta’lim bilan muvofiqlashuv imkoniyati uzviyligini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari mediakompetentligini rivojlantirishning evristik faoliyatga asoslangan integrativ-modulli andragogik ta’limning taktik va strategik texnologiyalarini maqsadli loyihalashga yo‘naltirilgan diagnostik, prognostik va tashkiliy faoliyatning o‘zaro uyg‘unligini o‘z kasbiga nisbatan motivlarini barqarorlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish  asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari mediakompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlash, mediakompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga media tushunchalarni joriy etish va mediatexnologiyalardan foydalanishga oid taklif va tavsiyalar asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun  “Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi  va kreativligi” nomli o‘quv moduli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxasislarini malakasini oshirish o‘quv kurslari namunaviy o‘quv rejasiga kiritilgan hamda amaliyotga joriy qilingan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 02-02/2-1548-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining mediakompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modelini takomillashtirish, tarbiyachi-pedagoglar mediakompetentligini rivojlantirish metodikasini kreativ, rivojlantiruvchi, modulli, adaptiv texnologiyalarni malaka oshirishning variativ shakllarini tizimli qo‘llash, vebinar va mahorat darslarini hamkorlikda tashkil etishning jamoaviy ijodiy ish bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi Nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 02-02/2-1548-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun tashkil etiladigan seminar-treninglar sifati va  samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining mediakompetentligini ochiq ta’lim media-makonida kasbiy mahoratni oshirish taktikasini samarali qo‘llash, mustaqil ta’lim olish usullari doirasini kengaytirish, innovatsion faoliyatda yuzaga keladigan ob’ektiv va sub’ektiv to‘siqlarni bartaraf etish orqali rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining malaka oshirish kursi o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 02-02/2-1548-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining o‘quv-uslubiy va ijtimoiy pedagogik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish