Tavakalov Jonibek Tavakalovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik boshqaruv mexanizmini takomilashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt65.
Ilmiy rahbar: Rajabbaev Sharof Raximberdievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanti-rishning strategik boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash metodikasi hududiy bandlik va ijtimoiy soha xizmatlari, infratuzilma, ishbilarmonlik, moliyaviy mustaqillik va hududiy boshqaruv samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarga ustuvorlik bergan holda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqaruv samaradorligini “mutloq yuqori” [0,6;1,0], “yuqori” [1,01-1,30], “o‘rta” [1,31-1,60], “past” [1,61-1,70] hamda “eng past” [1,71-2,0] darajalarga tabaqalashtirilgan holda takomillashtirilgan;
mintaqa ilmiy salohiyati va ishlab chiqarishning ilmiy-innovatsion asosini mustahkamlash negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishda ilmiy loyihalarni mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hisobiga yaratiladigan qo‘shilgan qiymatga ta’siri orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yalpi qo‘shilgan qiymatning 2030 yilgacha bo‘lgan ppognoz ko‘pcatkichlap ishlab chiqilgan;
bakalavriat ta’limi doirasida yuqopi malakali kadplapni tayyoplash tizimiga “innovatsion menejment” yo‘nalishini kiritgan holda hududlap ijtimoiy-iqticodiy rivojlanishi raqobatbardoshlik darajasi va boshqapuv camapadopligini oshirish asoslab berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik boshqaruv mexanizmini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash metodikasi hududiy bandlik va ijtimoiy soha xizmatlari, infratuzilma, ishbilarmonlik, moliyaviy mustaqillik va hududiy boshqaruv samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarga ustuvorlik bergan holda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqaruv samaradorligini “mutloq yuqori” [0,6;1,0], “yuqori” [1,01-1,30], “o‘rta” [1,31-1,60], “past” [1,61-1,70] hamda “eng past” [1,71-2,0] darajalarga tabaqalashtirilgan holda takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 dekabrdagi 08/1-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va boshqaruv samaradorligi darajalari past hududlarni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari va maqsadli dasturlarini oshirishga xizmat qilgan.
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy loyihalarni mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslab berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 02-01/7447-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantir-ishda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar jaratilishi hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsuloti hajmi 1 foizga oshishi xizmatlar hajmini 0,267 foizga, chakana tovarlar aylanmasi hajmini 0,085 foizga, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmini 0,497 foizga, hududiy eksport hajmini 0,859 foizga ortishiga xizmat qilgan.
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmini ortishini yaratiladigan qo‘shilgan qiymatga ta’siri orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yalpi qo‘shilgan qiymatning 2030 yilgacha bo‘lgan ppognoz ko‘pcatkichlapidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks rivojlantirish, komunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 dekabrdagi 08/1-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyat infratuzilma ob’ektlari sonini 2023 yilda 45 taga, 2025 yilda 65 taga, 2030 yilda 85 taga etkazishga erishiladi.
bakalavriat ta’limi doirasida yuqopi malakali kadplapni tayyoplash tizimiga “innovatsion menejment” yo‘nalishini kiritgan holda hududlap ijtimoiy-iqticodiy rivojlanishi raqobatbardoshlik darajasi va boshqapuv camapadopligini oshirish bo‘yicha asoslab berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 02-01/7447-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq muddatli istiqbolda mamlakat va uning hududlari boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichining barqaror rivojlanib borishini ta’minlash uchun imkoniyatlar 12 foizga oshishiga xizmat qilgan.