Ilyosov Asrorjon Axrorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat mahsulotlari eksportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Farg‘ona viloyati sanoat tarmog‘i misolida)» 08.00.03–“Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1405.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbari: Kurpayanidi Konstantin Ivanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilhom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); Gaibnazarova Zumrad Talgatovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati sanoat mahsulotlari eksportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish tuzilmasi, boshqarish tuzilmasi, hamkorlik tuzilmasi hamda mijozlar va stajyor-kadrlar bilan ishlash tuzilmalarini konsentratsiyalash asosida «Sanoat mahsulotlari eksport markazi»ning tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;
hududiy darajada sanoat mahsulotlari eksportiga ta’sir ko‘rsatuvchi bevosita omillar tarkibiga eksportga ishlab chiqarishning kadrlar tarkibi va hududiy sanoat ishlab chiqarishining raqobatbardoshligi omillarini, bilvosita omillar tarkibiga tashqi savdo va bojxona siyosati hamda davlat-xususiy sherikchilik siyosati omillarini kiritish orqali eksportga tayyorlik indeksining «past» (0-20 %), «o‘rtacha» (21-50 %), «yuqori» (51-80 %) va «eng yuqori» (81-100 %) chegarasidagi mezonlari orqali baholash asoslangan;
Farg‘ona viloyat sanoat mahsulotlari eksportiga asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi, eksport bilan shug‘ullanuvchi sanoat korxonalari uchun belgilangan soliq stavkasi, sanoat mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanayotgan korxonalar, yalpi hududiy sanoat mahsuloti hajmi va inflyasiya darajasining ta’sirini muqobillashtirish asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
sanoat klasteri tarkibiga eksport tuzilmasini integratsiyalash asosida sanoat mahsulotlari eksporti samaradorligini ta’minlovchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat mahsulotlari eksportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish tuzilmasi, boshqarish tuzilmasi, hamkorlik tuzilmasi hamda mijozlar va stajyor-kadrlar bilan ishlash tuzilmalarini konsentratsiyalash asosida «Sanoat mahsulotlari eksport markazi»ning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish orqali tashkiliy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi №39-03-05/3476-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksport markazining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish orqali sanoat mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, hududlarda eksport bilan bog‘liq infratuzilma elementlarini yanada rivojlantirish imkoniyatini 12%ga kengayishiga hamda sanoat mahsulotlari eksportini 15 %ga ortishiga erishilgan;
hududiy darajada sanoat mahsulotlari eksportiga ta’sir ko‘rsatuvchi bevosita omillar tarkibiga eksportga ishlab chiqarishning kadrlar tarkibi va hududiy sanoat ishlab chiqarishining raqobatbardoshligi omillarini, bilvosita omillar tarkibiga tashqi savdo va bojxona siyosati hamda davlat-xususiy sherikchilik siyosati omillarini kiritish orqali eksportga tayyorlik indeksining «past» (0-20 %), «o‘rtacha» (21-50 %), «yuqori» (51-80 %) va «eng yuqori» (81-100 %) chegarasidagi mezonlari orqali baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi №39-03-05/3476-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy darajada sanoat mahsulotlari eksportiga ta’sir ko‘rsatuvchi bevosita va bilvosita omillar tarkibini takomillashtirish asosida soha faoliyati samaradorligini oshirish, raqobat ustunligidan foydalangan holda sanoat mahsulotlari eksporti 8-10 %ga ortishi ta’minlangan;
Farg‘ona viloyat sanoat mahsulotlari eksportiga asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi, eksport bilan shug‘ullanuvchi sanoat korxonalari uchun belgilangan soliq stavkasi, sanoat mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanayotgan korxonalar soni, yalpi hududiy sanoat mahsuloti hajmi va inflyasiya darajasining ta’sirini hisobga oluvchi trend modeli asosida 2021-2025 yillar uchun asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi №39-03-05/3476-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat mahsulotlari eksporti bo‘yicha hududiy rivojlantirish strategiyasi aniqligini oshirish imkonini berdi;
sanoat klasteri tarkibiga eksport tuzilmasini integratsiyalash asosida sanoat mahsulotlari eksporti samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takomillashtirilgan va asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatiga joriy qilingan (Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi №39-03-05/3476-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida integratsiya aloqalarini yaxshilash, hududiy raqobatbardoshlikni rivojlantirish va sanoat mahsulotlari eksportini 10-12 %ga ortishini ta’minlagan.