Abbosxonov Toirxon Xasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.11 – Parlament huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu292.
Ilmiy rahbar: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Shirinov Djaxongir Djabbarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini ta’sis etish, ushbu o‘rinbosar zimmasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash vazifalari yuklatilishi asoslab berilgan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining tuzilmasida Parlament axborot markazini tashkil etish, uning faoliyatini axborot maydonida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga jamoatchilikning munosabatini tahlil qilib, deputatlarga etkazishga yo‘naltirishning zarurati asoslab berildi va huquqiy asoslari ishlab chiqilgan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan har bir qonun loyihasi yuzasidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining ilmiy xulosasini olish amaliyotini joriy qilish bo‘yicha zarur huquqiy asoslar ishlab chiqildi hamda amaliyotga joriy qilingan;
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasida parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazini tashkil etish va uning faoliyatini parlament a’zolarini qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublariga, shuningdek yordamchi organlari xodimlarini axborot-tahliliy ta’minlashning zamonaviy shakllarini o‘qitishga qaratishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
qonun loyihalarini ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan davlat organining qaroriga ko‘ra ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazilishining dolzarbligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishmasalalari mavzusini tadqiqot etish bo‘yichaolingan xulosalar natijalari asosida:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini ta’sis etish, ushbu o‘rinbosar zimmasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash vazifalari yuklatilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 23 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining 2021 yil 16 apreldagi 03-1/438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning realizatsiya qilinishi parlamentning axborot siyosati bo‘yicha faoliyatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat Parlament axborot markazini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashining 2021 yil 2 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021 yil 19 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 709–IV-sonli Qaroriga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 771–IV-sonli qo‘shma qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining 2021 yil 16 apreldagi 03-1/438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi axborot maydonida parlament faoliyati uchun zarur, shuningdek u tomonidan munosabat bildirilishi shart bo‘lgan ma’lumotlarni monitoring qilish, zarurlarini tahlil qilish va deputatlarga etkazish, shu orqali bu yo‘nalishda doimiy doimiy axborot-tahliliy ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
Qonunchilik palatasiga kiritilgan har bir qonun loyihasi yuzasidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining ilmiy xulosasini olish amaliyotini keng joriy qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 25 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim Qo‘shma Qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 480–IV/KQ-131–IV-sonli Qo‘shma qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining 2021 yil 16 apreldagi 03-1/438-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi har bir qonun loyihasini ishlab chiqishda ilmiy yondashuvni shakllantirish, ilmiy asoslangan qonunlarni qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasida parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF – 5953-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 25 fevraldagi 10-2-785-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning realizatsiya qilinishi deputatlar va senatorlarga zamonaviy qonun ijodkorligi va parlament nazorati shakllarini amalga oshirish uslublarini o‘qitish, parlament devonlari xodimlarining axborot-tahliliy ta’minlash bo‘yicha malakasini oshirish bo‘yicha tizimli malaka kurslari yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
qonun loyihalarini ishlab chiquvchi yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan davlat organining qaroriga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkazilish, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda uning huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganish va ularning mutaxassislar muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida o‘tkazilishi amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar 2021 yil 20 aprel` kuni qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonun loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 24 apreldagi 06/1-05/2134-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi qonun loyihalarini yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganish va ilmiy doira vakillari ishtirokini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish