Mannapova Shaxnoza Elshodovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kichik sanoat zonalarida investision faollikni oshirish yo‘nalishlari », 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1903.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farhod Tursunbaevich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston kichik sanoat zonalarida investision faollikni oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish  bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
risk sharoitida sotilishi mumkin bo‘lgan investisiya loyihalarining real va bazis narxlari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish orqali kichik sanoat zonalarida yillik investision dasturlarning tuzilmaviy tarkibini shakllantirish taklif etilgan;
kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ma’muriy Kengash tarkibida “Investision faollikni monitoring qilish va manzilli qo‘llab-quvvatlash” markazi faoliyatini tashkil etish orqali investision loyihalar samaradorligini oshirish taklif etilgan;
ichki jarayonlar tarkibida qiymat zanjirini integrasiyalash va tejamkorlik talablarini qo‘llash va  resurslardan natijador foydalanishni kiritish asosida  investision faoliyatda sinergetik samaradorlikka erishishning iqtisodiy modeli takomillashtirilgan;
marketing strategiyasiga ega bo‘lgan investision faoliyatni moliyaviy javobgarligini sug‘urtalashda vositachilar, kafillik va kompensatsiya fondlarini shakllantirish orqali  jalb etiladigan investisiyalar hajmini 15-20 foizga oshirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik sanoat zonalarida investision faollikni oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
risk sharoitida sotilishi mumkin bo‘lgan investisiya loyihalarining real va bazis narxlari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish orqali kichik sanoat zonalarida yillik investision dasturlarning tuzilmaviy tarkibini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalari ish faoliyatini tashkil etish maqsadida amaliyotga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil  25 dekabr 06/04-02-01-32/3115-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Mazkur taklif asosida Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalarining investision faolligi o‘rtacha 106,2 foizga ortgan;
kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ma’muriy Kengash tarkibida “Investision faollikni monitoring qilish va manzilli qo‘llab-quvvatlash” markazi faoliyatini tashkil etish orqali investision loyihalar samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalari ish faoliyatini tashkil etish maqsadida amaliyotga ( O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 dekabr 06/04-02-01-32/3115-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Tizim faoliyatini analitik baholash va qiyosiy tahlil qilish natijasida nisbatan past ko‘rsatkichga ega investi-sion loyihalar guruhlanib algoritm shakllantirildi. Ushbu markaz faoliyati kichik sanoat zonalariga tegishli davlat dasturlarini shakllantirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, muammolarni manzilli hal qilish ishlariga yo‘naltirilgan;
ichki jarayonlar tarkibida qiymat zanjirini integrasiyalash va tejamkorlik talablarini qo‘llash orqali resurslardan natijador foydalanishni kiritish asosida  investision faoliyatda sinergetik samaradorlikka erishishning takomillashtirilgan iqtisodiy modeli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalari ish faoliyatini tashkil etish maqsadida amaliyotga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil  25 dekabr 06/04-02-01-32/3115-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarda resurs  tejamkorligini ta’minlash, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, kadrlar malakasini oshirish va boshqa omillardan  foydalanish jarayonini tartibga solish orqali investision faolligini oshirish maqsadida “investision samaradorlikni oshirishning sinergetik modeli” kichik sanoat zonalari investision faoliyatida sinergetik samaradorlikka erishishning iqtisodiy modeli Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalarning ichki jarayonlar tarkibida qiymat zanjirini integrasiyalash va keng qamrovli tejamkorlik talablarini qo‘llash va resurslaridan natijador foydalanish imkoniyatini bergan;
marketing strategiyasiga ega bo‘lgan investision faoliyatning moliyaviy javobgarligini sug‘urtalashda vositachilar, kafillik va kompensatsiya fondlarini shakllantirish orqali  jalb etiladigan investisiyalar hajmini 15-20 foizga oshirishi asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalari ish faoliyatini tashkil etish maqsadida amaliyotga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 dekabr 06/04-02-01-32/3115-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Mazkur strategiyani amaliyotga joriy etilishi sanoat zonalariga yillik jalb etilayotgan investisiyalar hajmini 15-20 foizga oshirish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish