Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonida siyosiy partiyalarning o‘rni», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ss59.
Ilmiy maslahatchi: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori; Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Usmonov Ma’ruf Shakirovich,  falsafa fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonida siyosiy partiyalar ishtirokining samarali yo‘nalishlarini aniqlash, unga ta’sir qiluvchi muammoli holatlarni bartaraf qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“siyosiy partiya-elektorat”, “siyosiy partiya-davlat boshqaruvi organlari”, “siyosiy partiya-fuqarolik jamiyati institutlari”ning o‘zaro bog‘liqligi mahsuli sifatida siyosiy partiyalar modernizatsiya jarayonining yo‘naltiruvchilik, kommunikatorlik, birashtiruvchilik funksiyalarini amalga oshiruvchi muhim sub’ektiga aylanishi ochib berilgan;
“Taraqqiyot strategiyasi” doirasida “inson-jamiyat-davlat” tamoyilining ustuvor qilib qo‘yilganligi siyosiy partiyalardan o‘z dasturlarida, aholi manfaatlarini integratsiyalash, tizimlashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan agregatsiya va artikulyasiya tizimida mos ravishda transformatsiyalashuvni amalga oshirishi zarurati ilmiy asoslangan;
amaldagi parlament partiya fraksiyalariga “qonun tashabbuskorligi sub’ekti” maqomining berilishi siyosiy partiyalarni modernizatsion jarayonlarning huquqiy bazasini takomillashtirishdagi ishtiroki, qonun ijodkorligi faoliyatining son va sifat jihatidan o‘sishiga muhim asos bo‘lishi isbotlab berilgan;
xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatini reglamentlovchi qonunchilik asosini ishlab chiqish xududiy vakillik organlarida partiya guruhlari, doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil qilish, sessiya kun tartibiga masalalar kiritish, qaror loyihalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarning siyosiy-xuquqiy echimi bo‘lishi asoslangan;
modernizatsiya jarayonida aholi manfaatlari, extiyojlari va talablarining ortishi hamda o‘zgarib borishi ta’sirida partogenez dinamikasida ro‘y beradigan modifikatsion o‘zgarishlar sentristik (markaz), ekologik yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarning shakllanishi misolida ochib berilgan;
siyosiy partiyalar tizimida elektoratni qiynayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yuzasidan doimiy asosda o‘rganishlar olib boruvchi, ularni hal qilish borasida aniq takliflar ishlab chiquvchi “aql fabrikalari” (“think tanks”)ni shakllantirish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsion jarayonlar hamda ushbu jarayonlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki yuzasidan olingan ilmiy natijalar:
“Siyosiy partiya – elektorat”, “siyosiy partiya – davlat boshqaruvi organlari”, “siyosiy partiya – fuqarolik jamiyati institutlari” tizimidagi o‘zgarishlar natijasida siyosiy partiyalar modernizatsiya jarayonining yo‘naltiruvchilik, kommunikatorlik, birashtiruvchilik funksiyalarini amalga oshiruvchi muhim sub’ektiga aylanishi bilan bog‘liq xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi va O‘zNNTMA faoliyatida foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021 yil 20 apreldagi 05/1-01-74-son va O‘zNNTMAning 2021 yil 12 yanvaridagi 04-05/162-21-son ma’lumotnomalari). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan amaliy takliflar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat-xususiy hamkorligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini tayyorlashda hamda O‘zNNTMAning 2021 yilga mo‘ljallangan faoliyat dasturining davlat va NNTlar hamkorligini takomillashtirishga bag‘ishlangan bandida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan.
jamiyatni modernizatsiyalashning hozirgi bosqichida “inson-jamiyat-davlat” tamoyilining ustuvor qilib qo‘yilganligi siyosiy partiyalardan o‘z dasturlarida, aholi manfaatlarini integratsiyalash, tizimlashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan agregatsiya va artikulyasiya tizimida mos ravishda transformatsiyalashuvni zarurat qilib qo‘yishi borasidagi ilmiy xulosalar Xalq demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi hamda O‘zbekiston Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil uchun ishlab chiqilgan ish dasturining “1.1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan aholining barcha qatlamlari orasida targ‘ibot” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (XDP MKning 2021 yil 18 yanvaridagi 2-16-son va Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 14 yanvaridagi 02/07-32-son ma’lumotnomalari). Natijada, XDPning saylovoldi dasturida belgilangan g‘oyalarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga hamda o‘z faoliyatini institusional, funksional jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiyalar tomonidan aholini siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki va ijtimoiylashuvini ta’minlash, xududiy vakillik organlarida partiya guruhlari, doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil qilish, sessiya kun tartibiga masalalar kiritish, qaror loyihalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarning siyosiy-xuquqiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatini reglamentlovchi qonunchilik asoslarini ishlab chiqish va qabul qilish zarurati borasida ilgari surilgan takliflar “Adolat” SDP va Ombudsman faoliyatida foydalanilmoqda (“Adolat” SDP Siyosiy kengashining 2021 yil 15 yanvaridagi №01-04/18-son va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yil 15 yanvaridagi 01-07/24-son  ma’lumotnomasi).  Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Ombudsman faoliyatida “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida ko‘zda tutilgan insonning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyasi oldida turgan asosiy vazifalarini shakllantirishda, bu ishga siyosiy partiyalardan saylangan mahalliy kengash deputatlarini jalb qilishda samarali foydalanilgan;
Siyosiy partiyalar tizimida elektoratni qiynayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib boruvchi, ularni hal qilish borasida aniq takliflar ishlab chiquvchi “aql fabrikalari” (“think tanks”)ni shakllantirish zaruratini asoslovchi xulosalar XDP tarkibida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni umumlashtirish va tahlil qilish tizimini takomillashtirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 va 2021 yillarga mo‘ljallangan dasturlarida ko‘zda tutilgan va 2018-2021 yillarda amalga oshirilgan ishlar yakuniga bag‘ishlangan hisobotida o‘z aksini topgan “Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dasturlar” yo‘nalishida belgilangan loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston XDP MKning 2021 yil 18 yanvaridagi 2-16-son va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 16 aprelidagi 02-02/2294-son ma’lumotnomalari); Natijada, XDPning aholi bilan ishlash tizimiga zamonaviy muloqot mexnazimlarni joriy qilish, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilm-fan va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda mavjud imkoniyatlarni umumlashtirish va muafiqlashtirish tizimini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan.
modernizatsiya jarayonida aholi manfaatlari, extiyojlari va talablarining ortishi hamda o‘zgarib borishi ta’sirida partogenez dinamikasida ro‘y beradigan modifikatsion o‘zgarishlar, sentristik (markaz), ekologik yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarning shakllanishiga doir ilmiy xulosalar O‘zLiDeP tomonidan o‘z faoliyatida mamlakat siyosiy maydonining markaz (sentristik) platformasiga o‘tilishida va partiya logotipi hamda dasturiy xujjatlarini ushbu yondoshuvlardan kelib chiqib rebrending qilishda foydalanilgan (O‘zLiDeP SKning 2021 yil 10 noyabrdagi 01-27/879-son a’lumotnomalari). Natijada, tadqiqot doirasida ilgari surilgan tavsiyalar O‘zLiDePda deputatlikka nomzodlarni o‘qitish tizimini joriy etish hamda metodik qo‘llanma va saylov kampaniyasining g‘oyaviy, tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish