Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1806.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xayriddinov Azamat Botirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish maqsadida yirik korxonalar ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish taklif etilgan;
milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish maqsadida chet ellik investorlarga kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarini, xususan, imtiyozlar va preferensiyalarni har bir aniq holatda berilishi zarurligi asoslangan;
investisiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida istiqbolda xorijiy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni moliyalashtirishni byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklif etilgan;
xorijiy investisiya ishtirokida tashkil etiladigan korxonalar ustav fondidagi xorijiy investisiyalar ulushining eng kam miqdorini 15 foizdan 10 foizgacha kamaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish maqsadida yirik korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 06-18-10120-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning umumiy investisiya hajmidagi ulushi 30-35 foizgacha o‘sishiga erishilgan;
milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish maqsadida chet ellik investorlarga kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari, xususan, imtiyozlar va preferensiyalarni har bir aniq holatda berilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 06-18-10120-son ma’lumotnomasi).  Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xorijiy investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilgan;
investisiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida istiqbolda xorijiy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 06-18-10120-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi xorijiy investorlar uchun yanada qulay investisiya muhitining yaratilishiga xizmat qilgan;
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda xorijiy investisiya ishtirokida tashkil etiladigan korxonalar ustav fondidagi xorijiy investisiyalar ulushining eng kam miqdorini 15 foizdan 10 foizgacha kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi 06-18-10120-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy iqtisodiyotga 2020 yilda 2,9 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilinishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish