Yunusov Oybek Turaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir kuyganlarda gemostazning buzilishi va xirurgik davolash taktikasining ta’siri», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib.1063.
Ilmiy rahbar: Ruzibaev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumxodjaev Abdurashit Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Abuali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kuyish kasalligining bosqichlari bo‘yicha gemostaz sistemasi holatini o‘rganish va QDTQ–sindromi laborator diagnostikasini takomillashtirish, gemostatik Geprotsel preparatini qo‘llash orqali davolash samaradorligini yaxshilash
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur kuyishlarda qonning ivish tizimi ko‘rsatgichlarining buzilishi va fibrinolitik faollikning pasayishi kuzatiladi, ushbu holatlar kuyish shoki darajasi va kuyish kasalligining bosqichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik hisobiga vujudga kelib, ular QDTQ–sindromi rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
kuyish jarohati ta’sirida o‘lganlarda QDTQ–sindromining morfologik ko‘rinishi ko‘pincha nospesifik plazmali koagulyasiya ko‘rinishida va ichki a’zolar mikrotsirkulyator oqimlarida fibrinli mikrotromblarni, ayniqsa buyraklar, o‘pkalar, jigar, bosh miya, me’da osti bezida hosil bo‘lishi aniqlangan;
birlamchi tangelsial nekrektomiyadan so‘ng autodermoplastika vaqtida Geprotsel preparatini qo‘llash yuqori samaraliligi isbotlandi, bunda gemostaz ko‘rsatkichlarini to‘liq tiklanishi va teri qoplamalarining tezroq revaskulyarizatsiyasi, kuyishdagi intoksikatsiya klinik simptomlarini tezroq bartaraf etilishi, granulyasion yuzaga ta’sir qilmasdan teri transplantatining fassiya va mushak to‘qimalariga nisbatan yopishqoqligi sezilarli oshishi isbotlangan;
tajriba hayvonlarining termik jarohatlariga Geprotsel preparatini birlamchi tangensial nekrektomiya va autodermoplastikadan so‘ng qo‘llash gemostazni to‘liq ta’minlashi, kuyish intoksikatsiyasining klinik belgilari tezroq engillashishi va teri cho‘ltoqlarining yaxshi revaskulyarizatsiyasiga olib kelishi isbotlandi;
Geprotselni bemorlarda erta nekrektomiya bilan bir vaqtning o‘zida yoki kechiktirilgan autodermoplastikani amalga oshirish imkonini beradi, kuyish kasalligi yo‘nalishini o‘zgartirishi va uning kechishini to‘xtatish uchun qulaylik tug‘iladi, teri qoplamalari butunligini tiklanish vaqti, statsionar davolanishning davomiyligi qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir kuyganlarda gemostazning buzilishi va xirurgik davolash taktikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
kuyish kasalliklarida gemostaz tizimining buzilishlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Kuyish kasalliklarida gemostaz tizimining buzilishlarini tashxislash va davolashni muqobillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Soglikni saklash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-r209-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kuyish kasalliklarida gemostaz tizimining buzilishlarini tashxislash va davolash samaradorligini baholash, jarrohlik davolash usulini nazorat qilish imkonini bergan;
kuyish kasalligida gemostaz tizimining buzilishlarini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Kuyish kasalligida gemostaz tizimining buzilishlarini davolash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma (Soglikni saklash vazirligi tomonidan 2021 yil 17 sentyabrdagi 8n-r780-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kuyish kasalligida gemostaz tizimining buzilishlarini davolash jarayonlarining takomillashtirish imkonini bergan;
Og‘ir kuyganlarda gemostazning buzilishi va xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar soglikni saklash amaliyotiga, jumladan Samarkand shahar tibbiyot birlashmasi, RShTYoIM Samarkand filiali, RShTYoIM Jizzax filiali, RShTYoIM Kashkadaryo filiali amaliyotga tatbik etilgan (Sog‘liqni saklash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 8-09/21411-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tibbiyot amaliyotiga tatbik etilishi erta xirurgik davolashni boskichli xirurgik davolashdan farki bemorlar sogayib ketishini tezlashtirish, davolash vaktini kiskartirish xisobiga antibakterial terapiyaga nisbatan ektiyoj kamayadi. Erta geprotsel preparatini kullash natijasida bemorlarning erta faollashuvi va kuyish intoksikatsiyasi va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish