Usmanova Elmira Mamarafikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Streptokokkli angina, tashxisoti va davolash yo‘llarini takomillashtirish», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib905.
Ilmiy rahbar: Tadjieva Nigora Ubaydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: streptokokkli anginaning tashxisoti va davolash yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir tonzillit bilan og‘rigan bemorlarda Streptococcus pyogenes ning etiologik ahamiyati isbotlangan;
streptokokkli anginaning zamonaviy klinik ko‘rinishida - o‘tkir boshlanishi, og‘ir intoksikatsiya, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasi, neytrofil leykotsitoz, 29,2% xolatda asoratlarni rivojlanishi saqlanib qolganligi asoslangan;
o‘tkir tonzillitlarni etiologik sababalari aniqlanib, hozirgi davrda bakterial tonzillitning giperdiagnostikasi va streptokokk anginaning gipodiagnostikasi xosligi isbotlangan;
bemorlardan ajratilgan Streptococcus pyogenes shtammlarining makrolidlar va tetratsiklinlar guruhlardagi antibakterial preparatlarga chidamliligi isbotlangan;
o‘tkir tonzillitli bemorlarda streptokokkli anginani erta tashxislash va antimikrob dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha yondoshuvlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Streptokokkli anginaning tashxisoti va davolash yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
S.pyogenes chaqirilgan o‘tkir tonzillitning tashxisoti va antibakterial davolash bo‘yicha olingan natijalari asosida «S.pyogenes chaqirilgan o‘tkir tonzillitning tashxisoti va antibakterial davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 8n-d/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma S.pyogenes bilan chaqirilgan o‘tkir tonzillitning erta tashxislash va mikroblarga qarshi dori vositasi bilan davolashni oqilona tanlash imkonini bergan;
streptokokkli anginalarning zamonaviy klinik-laboratoriya xususiyatlari, tashxislash va uning davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati, Asaka tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-chi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida, Andijon viloyati Izboskan tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 08-09/3637-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar streptokokkli tonzillitni erta tashxislash, o‘tkir tonzillitlarda antibakterial dori vositalardan maqsadli yondoshib, asoratlar rivojlanishini oldini olish, antibakterial rezistentlikni oldini olish, bemorlarni davolash vaqtini qisqartirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish