Calaev Anvarbek Batirbaevichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashda sisternotomiyadan foydalanish», 14.00.40 - Shoshilinch tibbiy yordam (tibbiet fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Tib597.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirbekov Ravshan Tursunbekovich, tibbiyot fanlari doktori; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomli Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi bosh miya jaroxati kechishining og‘irligini baxolash mezonlarini va sisternotomiyadan foydalanib jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora bosh miya jarohatlari jarrohligida mikrojarrohlik sisternotomiya usuli qo‘llanilib va bemorlarning nafaqat omon qolishida, balki chuqur nogironlikni miqdorini kamaytirishida yuqori samaradorligi isbotlangan;
bosh miya jarohatining og‘irligini baholashda kompyuter tomografik morfometrik mezonlari yaqin va uzoq davolash natijalarini bashoratiga ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan va aniqlangan;
ilk bora bosh miya ichi bosim ko‘rsatkichlari bilan ko‘ruv nerv diametrining o‘lchamidagi o‘zgarishlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonuniyati va ularning bosh miya jaroxatining kechish og‘irligini baholash prognostik qiymati aniklangan;
dekompressiv kraniotomiyaning o‘lchami va shakli operatsiyadan keyingi yaqin natijalariga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir BMJ bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolashda sisternotomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 avgustdagi 8n-r/737-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni qulay natijalarini oshirish, yotoq kunlarini kamaytirish imkonini bergan;
og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo va Xorazm filiallarining neyroxirurgiya bo‘limlarining klinik amliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 08.11.2021 yildagi 8n-z/409 sonli xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi og‘ir bosh miya jaroxati bilan og‘rigan bemorlarni qulay natijalar chastotasini 16,3 barobarga oshirish, yotoq kunlari, dori-darmon va reabilitatsiya xarajatlarini kamayish xisobiga davolash xarajatlarini 25% gacha kamaytirish imkonini bergan.