Sayfutdinov Zayniddin Asomutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida izoniazid dorisiga monorezistent bo‘lgan Mycobacterium tuberculosisning genetik mutatsiyalari tavsifi va tarqalishi», 14.00.26 – Ftiziatriya va 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.Phd/Tib1102
Ilmiy rahbarlar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shadmanova Nargiza Abitovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi va raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01
Rasmiy opponentlar: Adenov Malik Modabekovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Nuruzova Zuxra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: izoniazid dorisiga monorezistent bo‘lgan Mycobacterium tuberculosisning genetik mutatsiyalari tavsifi va tarqalishi oldini olish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuberkulezning izoniazidga monorezistent shtammlari tarqalishining hududiy tahlili taqdim etilgan;
Mycobacterium tuberculosisning izoniazidga monorezistent mutatsiyalarining genetik tafsifi taqdim etilib MDR TB da mutatsiyalarning ahamiyati asoslangan;
Mycobacterium tuberculosisning kross-rezistentlik tabiati MDR TB rivojlanishi va davolashning samarasiz oqibatlarini keltirib chiqarish xavflarini erta prognozlash jihati isbotlangan;
izoniazidga monorezistent tuberkulezga chalingan bemorlarni dasturiy davolashga yangi differensatsiyalangan yondoshuvi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida izoniazidga monorezistent Mycobacterium tuberculosis genetik mutatsiyasi tavsifi va tarqalganligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Mycobacterium tuberculosis populyasiyasining tuzilishi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyoda dorilarga chidamli Mycobacterium tuberculosis populyasiyasining tuzilishi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martidagi 8n-r/195-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tuberkulezni tashxislaganda dorilarga chidamli Mycobacterium tuberculosis turini erta aniqlash imkonini bergan;
Biomayrin preparatiga Mycobacterium tuberculosis sezuvchanligini bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «in vitro sharoitida Biomayrin preparatiga Mycobacterium tuberculosis sezuvchanligini qiyosiy o‘rganish metodikasi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martidagi 8n-r/194-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qattiq va suyuq ozuqa muhitida doriga sezuvchanlik testlari (DST) yordamida “Biomayrin” preparatining Mycobacterium tuberculosisga ingibirlovchi ta’sirini kuchaytirish imkonini bergan;
izoniazid dorisiga monorezistent bo‘lgan Mycobacterium tuberculosisning genetik mutatsiyalari tavsifi va tarqalishi olingan natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand, Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyati markazlari klinik amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 08-09/20510-son ma’lumotnomasi); Natijada Mycobacterium tuberculosisning izoniazidga sezuvchanligini erta bosqichlarda aniqlash va tuberkulezni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.