Saidkasimova Nargiza Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sal`monellyozlarning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va ularning epidemiologik nazoratini takomillashtirish”, 14.00.30 – Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib999.
Ilmiy rahbar: Mirtazaev Omon Mirtazaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sal`monellyoz kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlarini baholash orqali epidemiologik va epizootologik nazorat tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sal`monellyozlarning retrospektiv epidemiologik tahlili asosida zoonoz epidemik jarayon yuzaga kelganligi isbotlangan;
so‘nggi yillarda sal`monellyozlar bilan kasallanishga «zoonoz» epidemik jarayonning xosligi, yetakchi etiologik serologik varianti S.Enteritidis ekanligi asoslangan;
S.Enteritidis serovari asosan oziq-ovqat orqali yuqishi va asosiy yuqtirish omillari parranda go‘shti va tuxumi ekanligi aniqlangan;
parrandachilik xo‘jaliklarida parrandalarning S.Enteritidis bilan zararlanganligi bakteriologik tekshiruv asosida isbotlangan;
sal`monellyozlarning epidemiologik nazorat tizimi takomillashtirilib, kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradigan sal`monellyozlar ustidan epizootologo-epidemiologik nazorat tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sal`monellyozlarning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va ularning epidemiologik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sal`monellyozlar ustidan epidemiologik nazoratni takomillashtirishga bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Sal`monellyozlar ustidan epizotologo-epidemiologik nazorat o‘tkazish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-d/268-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining kasallanish holati, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalar orasida ushbu yuqumli kasallikning epizootik jarayonini birgalikda maqsadli epidemiologik tashxislash, tahlil qilish, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni rejalashtirish hamda sal`monellyozlar ustidan epizootologo-epidemiologik nazorat tizimini tadbiq qilish imkonini bergan;
sal`monellyozlarning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va ularning epidemiologik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotiga, Veterinariya qo‘mitasining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 08-09/3357-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi, veterinariya xizmati o‘z ishini epizootologik nazorat mezoni bo‘yicha olib borishi, bunda epizotologo-epidemiologik nazorat yo‘nalishlariga asoslanishi, sal`monellyozga qarshi kurashish bo‘yicha barcha tashkilotlar va bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida, har bir hududda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markazlarida sal`monellyoz bo‘yicha idoralararo hay’at tuzish kasallanishni davlat ichida va hududlararo darajada kasallanishni nazorat qilish imkonini bergan.