Rasulov Shomurod Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Exinokokkozning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri misolida)», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib998.
Ilmiy rahbar: Matnazarova Gulbahor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Madreimov Amet Madreimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Exinokokkozning zamonaviy epidemiologik xususiyatlarini aniqlash va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
exinokokkoz kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy yuqtirish omillari bu itlar bilan muloqatda bo‘lish, exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan ko‘katlar ekanligi aniqlangan va ushbu omillarning kasallanish ko‘rsatkichiga ta’siri asoslangan;
epidemik jihatdan xavfli hududlar tog‘ oldi hududlari aniqlangan va aholi guruhlari orasida exinokokkoz kasalligining tarqalganligi seroepidemiologik (IFT – ELISA) tekshiruv asosida isbotlangan;
aholining exinokokkoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi, kasallik manbai, yuqish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim darajasi asoslangan;
exinokokkoz kasalligida aholini bilim darajasini oshirish orqali profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Exinokokkozning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
endemik hududlaridagi aholini seroepidemiologik tekshiruv bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqarilgan «Exinokokkozning tarqalganligi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 8n-r/96-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi orasida exinokokkoz kasalligining tarqalganligini serologik tekshiruvlar natijasida erta aniqlash, oldini olish chora-tadbirlari va epidemiologik nazoratini tadbiq qilish imkonini bergan;
exinokokkozning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar boshqarmalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 martdagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholi orasida exinokokkoz kasalligining tarqalganligini serologik tekshiruvlar natijasida erta aniqlash, oldini olish chora-tadbirlari va epidemiologik nazoratini tadbiq qilish, aholining kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy yuqtirish omillari, yo‘llari va profilaktikasi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi, exinokokkoz kasalligining oldini olish va kamaytirish imkonini bergan va 2014 yilga nisbatan 2020 yil kasallanish 100000 aholiga nisbatan 3,1 dan 1,3 ya’ni 58% kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish