Irnazarova Dinara Xamidiloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon miomasi rivojlanish mexanizmining klinik va molekulyar-genetik jihatlari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib812.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilchexra Yusupxonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda bachadon miomasining klinik-instrumental natijalari va molekulyar-genetik prediktorlarini o‘rganish yordamida kasallikning rivojlanish xavfi va klinik kechishini bashoratlashning yangi mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon miomasi bo‘lgan ayollarning kasallik rivojlanish xavf omillarini baholash individual shkalasidan foydalanish asosida kasallikning simptomli kechishi prediktorlari – yosh (OR=2,1), irsiyat (OR=3,1), erta menarxe (OR=5), semizlik (OR=6,4), bachadon bo‘shlig‘ini tozalash (OR=3,75) omillarining ahamiyati isbotlangan;
dupleks skanerlash natijasida bachadon miomasida bachadon arteriyasi va miomatoz tugunlarining perifibroid chigal tomirlarining qon bilan ta’minlanishi angioarxitektonikasi xususiyatlari va ularning kasallikning klinik kechishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bachadan miomasining simptomsiz kechishida D vitaminining etishmovchiligi (1,7 marta ko‘proq) va simptomli kechishida – uning keskin defisiti (3,1 marta ko‘proq) kasallikning rivojlanishi va avj olishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarda estrogen (rs2228480 ER1), progesteron (rs1042838 PR) va D vitamin (rs10735810 VDR) reseptorlari genlarining allel va genotipik variantlarining uchrashi va ahamiyati, ushbu genlarning o‘zaro ta’sirini aniqlash yordamida kasallikning kechishini bashoratlashda nomuqobil genotip kombinatsiyalarini baholash orqali erta tashxislash usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon miomasi bo‘lgan ayollarni jinsiy steroid reseptorlar genlarining polimorf variantlarini va klinik-instrumental ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ayollarda uchraydigan bachadon miomasini samarali tashhislash algoritmidan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Bachadon miomasi bilan ayollarni tekshirishning diagnostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 8n-r/227-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda bachadon miomasini erta tashhislash, kasallik asoratlarini oldindan bashorat qilish imkonini bergan;
ayollarda uchraydigan simptomli va simptomsiz bachadon miomasini samarali tashhislash va davolash algoritmidan foydalanish orqali ilmiy natijalar asosida «Bachadon miomasining davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/228-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma anamnestik, klinik, biokimyoviy, instrumental ko‘rsatkichlar asosida ayollarda bachadon miomasini tashhislash, samarali davolash, bemorlarni radikal jarrohlik usullari bilan davolanish ko‘rsatkichini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
ayollarda bachadon miomasining klinik kechish xususiyatlariga asoslangan holda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi 45-oilaviy poliklinika va «Laylon» ayollar Salomatlik markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 08-09/19918-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali bachadon miomasi bilan kasallangan ayollarda jinsiy a’zolar tizimi zararlanishi noxush oqibatlarini erta baholash, bachadondan anomal qon ketish, miomaning tez o‘sishi va qo‘shni a’zolarni ezilishi, bepushtlik kabi simptomli bachadon miomasi asoratlarini hamda radikal jarrohlik amaliyotlar bilan bog‘liq nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.