Mirzoeva Mexriniso Rizoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda klinik-patogenetik va davolash jihatlari shakllanishida ichak parazitozlarining o‘rni», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc /Tib511.
Ilmiy maslahatchilar: Tadjiev  Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AJ «Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi».    
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri disxromiyasi aniqlangan bemorlarda klinik-patogenetik va terapevtik tomonlarining shakllanishida ichak parazitlarining o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pityriasis alba bemorlarida gipopigmentatsiya jarayonida qo‘shimcha triggerlar singari Ascaris lumbricoides, Enterobius vermicularis, Hymenolepis nana va Giardia lamblia ichak parazitlarining ahamiyati asoslangan;
Pityriasis alba etiopatogenezida ishtirok etuvchi komponentlar identifikatsiyasi bilan disxromiya kuzatilgan bemorlarda ichak protistofauna tuzilishi, ularni eradikatsiya qilishga qaratilgan davolash samaradorligi isbotlangan;
Pityriasis alba bemorlari ichagining makro- va mikrobiotik tuzilishida tashxislangan negativ o‘zgarishlar, shuningdek, immunologik ko‘rsatkichlar o‘zarishi hamda xastalikda xolikal`seferol etishmovchiligi dominantligi asosida ularni tuzatish tartibi isbotlangan;
Pityriasis alba etiopatogenezning mul`tifaktorli xarakteri belgilangan hamda Pityriasis albani davolashda parazitlarga qarshi terapiyaning yuqori samaradorligi isbotlangan;
ichak parazitlari va ularsiz teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda gumoral immunitet holati zardobli IgM, IgG, IgA, IgE darajasi va xolikal`seferol tanqisligi bartaraf etish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda klinik-patogenetik va davolash jihatlari shakllanishida ichak parazitozlarining o‘rnini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda ichak parazitozlarining tashxislash natijasida «Pityriasis alba va parazitlarni tashxislash usullarida gijjalarga qarshi dori vositalarni qo‘llash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 8-n-d/192-son ma’lumotnomasi). Natijada Pityriasis alba va parazitlarni tashxislash orqali ularga qarshi dori vositalarini tanlash va samarali davolash tartibini tanlash imkonini bergan;
teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda lyambliozni tashxislash va davolashdan olingan natijalar bo‘yicha «Pityriasis albani davolashda lyamlioz kasalligini tashxislash va samarali davolash usullarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 8-n-d/192-son ma’lumotnomasi). Natijada Pityriasis alba kasalligini tashxislash va davolash taktikasini tanlashda lyamblioz kasalligini samarali davolash tartibini tanlash imkonini bergan;
Pityriasis alba kasalligida D vitamini etishmasligini davolash bo‘yicha «Pityriasis albani kasalligida D vitamini etishmasligini koreksiyalash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 8-n-d/192-son ma’lumotnomasi). Natijada Pityriasis alba kasalligining rivojlanishida organizmdagi D vitaminining etishshmasligini oldini olish orqali kasallikni samarali davolash tartibini tanlash imkonini bergan;
teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda klinik-patogenetik va davolash jihatlari shakllanishida ichak parazitozlarining o‘rnini asoslash natijalari sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan L.M. Isaev nomidagi parazitologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga,  Buxoro viloyati dermatovenerologiya dispanseriga, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi, Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi xususiy shifoxonalarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yil 20 dekabrdagi 08-09/20118-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi teri disxromiyasi tashxislangan bemorlarda klinik-patogenetik jihatlari shakllanishida ichak parazitozlarining o‘rnini bemorlarda D vitamin tanqisligini oldini olish, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda bemorlar hayot tarzini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish