Matmuratova Sadokat Otaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri ( ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Fertil yoshdagi ayollar orasida metabolik sindromini erta aniklash va oldini olish usullarini optimallashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib623.
Ilmiy rahbar: Xatamova Dilorom Toxtamuradovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi  Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Maksud Razzakovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tursunov Xotamjon Xasanboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida metabolik sindrom xavfini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fertil yoshdagi ayollar orasida metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlari turli gradatsiyalarining haqiqiy tarqalganligi aniqlangan;
ilk bor fertil  yoshdagi  ayollar orasida o‘z sog‘lig‘ini noto‘g‘ri baholash, xamda shifokorlar tavsiyalarini etarli darajada bajarmaslik metabolik sindromning psixologik prediktorlari sifatidagi roli asoslangan;
fertil yoshdagi ayollar o‘rtasida profilaktik tekshiruvlar jarayonida metabolik sindromni tashxislashda surovnoma usullarining samaradorligi asoslangan;
ilk bor homiladorlik yoshidagi ayollarda metabolik sindrom tufayli yuzaga keladigan xavf darajasini kamaytirishda gipertenziya va semirishning dori vositalarisiz  oldini olish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida metabolik sindrom xavfini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
fertil yoshdagi metabolik sindrom bilan xastalangan ayollarda semizlikning profilaktikasi uchun ishlab chiqilgan «Metabolik sindromli ayollarda semirishni oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma metabolik sindrom bilan xastlangan fertil yoshidagi ayollarda semizlikning profilaktikasini amalga oshirish borasida terapevtik va profilaktik choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali yurak-qon tomir kasalliklar xavfini pasaytirish imkonini bergan;
tug‘ish yoshidagi ayollarda metabolik sindromning erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Urganch filiali va Xorazm viloyati ichki ishlar boshkarmasi tibbiyot bulimi  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyul`dagi 08-09/8682-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar metabolik sindromi boshlang‘ich turlarini erta tashxislash va bu sindromdan kelib chiquvchi asoratlar rivojlanishining oldini olish, ayollar orasida semizlik va ortiqcha tana vaznining erta aniqlash, oldini olish va davolash jarayonlarini takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish