Kenjaev Laziz Razzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar diffuz kasalliklari fonida kechuvchi mexanik sariqlikni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.PhD/Tib1753.
Ilmiy rahbarlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi milliy tibbiy ilmiy tekshirish xirurgiya markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jigar diffuz kasalliklari fonida kechuvchi mexanik sariqlikni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanik sariqlikni jigar sirrozi bilan birga uchrash ko‘rsatkichi, bemorning yoshi, jinsi kesimida aniqlandi;
mexanik sariqlikni jigar sirrozi bilan birga kelgan bemorlarning klinik kechishi, asosiy va hamroh kasalliklarning rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy prognostik faktorlar, ya’ni bemorning yoshi, mexanik sariqlikning og‘irlik darajalari va jigar sirrozining Chayld P’yu bo‘yicha sinflariga bog‘liqligi o‘rganildi;
kasallikning klinik kechishi, labaratoriya, klinik-instrumental tekshirish usullari yordamida mexanik sariqlik jigar sirrozi bilan birga kelgan holatlarda har ikkala kasallikni aniqlashda hamda davolashda samara beradigan aniq diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqildi;
mexanik sariqlik jigar sirrozi bilan birga kelgan holatlarda mexanik sariqlikni bartaraf etishga yo‘naltirilgan operativ usulda davolashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar diffuz kasalliklari fonida kechuvchi mexanik sariqlikni xirurgik davolash natijalarini takomillashtirish orqali asoratlanishlarining oldini olishdagi natijalarni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
jigar diffuz kasalliklari fonida kechuvchi mexanik sariqlikni xirurgik davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Mexanik sariqlikning jigar sirrozi bilan birga kelgan bemorlarda tashhislash al`goritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi 8n-m/766-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jigar sirrozi bilan birga kelgan mexanik sariqlikni to‘g‘ri tashhis qo‘yish orqali jigar sirrozi bilan birga kelgan mexanik sariqlik bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashni samaradorligini  va  sifatini oshirishga imkon bergan;
jigar sirrozi  va mexanik sariqlik birgalikda kelgan bemorlarni tekshirish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmalari, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-z/303-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi, jigar sirrozi bilan birga kelgan mexanik sariqlik bilan ogrigan bemorlarni davolashda asoratlanishlarining oldini olish yoki keskin kamaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish