Kamilova Iroda Abdurasulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini diagnostika, davolash-profilaktik tadbirlarini patogenetik asoslash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSC/Tib503.
Ilmiy maslaxatchi: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Tadjibaeva Yulduz Tadjibaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Akademik V.I. Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasining rivojlanish xavfini tashxislash va individual davolashni tanlashda, estrogen almashinuvi, onkosupressorlar va matrisali metalloproteinaza genlarining genetik polimorfizmi rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli funksional guruhlarga mansub bo‘lgan (estrogenlar metabolizmi-CYP1A2, SULT1A1; onkologik transformatsiya-TP53, matriks metalloproteinazalar-MMR-1), CINning genetik jihatdan aniqlangan yangi patogenetik mexanizmlarini ochish, CIN rivojlanishining torpidlik darajasini va klinik kechish turlarini aniqlash imkonini beradigan, CINning fenotipik namoyon bo‘lishi uchun ma’sul bo‘lgan CINga xos genetik polimorfizmlar genetik markerlarning kombinatsiyalari isbotlangan;
mul`ti omilli genezga ega bo‘lgan patologiyaning rivojlanish mexanizmlarini kodlovchi, genetik determinantlarni tekshirish asosida CIN kuzatilgan bemorlarda estrogen fermentlari metabolizmi (S-734A geni CYP1A2 va G-638A geni SULT1A1), oqsil onkosupressorlar (Arg72Pro TP53 va TR53 rs 17884159) hamda matriksli metalloproteinazlar (1G/2G gena MMP-1) genlarining polimorf variantlarining tashuvchanlik xususiyatlari isbotlangan;
CIN xavfi oshishi bilan o‘rganilgan nomzod genlarning ahamiyatli allel va genotipik polimorfizm tashuvchanlik chastotasining assotsiatsiyasi, klinik kechish og‘irligi, shikastlanishning og‘irlik darajasi, klinik belgilari, 16/18 turdagi OPV persistensiya va asoratlar mavjudligi isbotlangan;
ahamiyatli nomzod genlarning allel va genotipik polimorfizmlari tashuvchanlik darjasiniing oshishi bilan neoplastik transformatsiya darajasi hamda kasallikning klinik kechish og‘irlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
CIN rivojlanish xavfiga moyil bo‘lgan Arg72Pro TP53+TR53 rs 17884159 +G638A SULT 1A1+CYP 1A2 C-734A genotiplarining birgalikdagi patogenetik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini tashhislash, prognozlash va davolash-profilaktik usullarini ishlab chiqish, hamda takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
servikal intraepitelial neoplaziyani tashxislash va prognozlash asosida ishlab chiqilgan «Molekulyar-genetik xavf omillari asosida servikal intraepitelial neoplaziya diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 8n-r/1151-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi molekulyar-genetik xavf omillarini baxolash asosida CINni tashxislash va prognozlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
servikal intraepitelial neoplaziyani molekulyar-genetik natijalarini aniqlash orqali ishlab chiqilgan individual davolash usullari asosida «Genetik test asosida servikal intraepitelial neoplaziyani individual davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 8n-r/1152-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi servikal intraepitelial neoplaziya bilan xastalangan ayollarda turli farmakologik guruh preparatlarini individual qo‘llashga xizmat qilgan va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini diagnostika, davolash-profilaktik tadbirlarni patogenetik asoslash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika va 6-sonli Toshkent shahar tug‘ruq majmuasining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/507-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini onkologik transformatsiyasini oldini olish maqsadida, molekulyar-genetik tadqiqotlar asosida zamonaviy tashxislash, prognozlash va individual davolash usullarini aniqlashga va samaradorligini oshirishga imkon yaratgan.