Isomov Miraskad Mirmaksudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Homilador ayollar periapikal to‘qimalaridagi yallig‘lanish jarayonlar asoratini profilaktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1338.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dokkaevich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya, Pyatigorsk); Dusmuxamedov Maxmud Zakirovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Homilador ayollar periapikal to‘qimalaridagi yallig‘lanish jarayonlarini kompleks davolash samaradorligini oshirish va ularning asoratlarini oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda periapikal to‘qimalar o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarining va kasalxonaga yotqizilganlar sonining sezilarli darajada ortgani retrospektiv tahlil asosida aniqlangan;
yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish jarayonlari bo‘lgan homilador ayollarda IL-2, IL-6, IL-8 sitokinlar sintezining kuchayishi va so‘lakdagi laktoferrin miqdorining oshishi isbotlangan;
ul`tratovushli osteometriyani qo‘llash periapikal to‘qimalar yallig‘lanish jarayonlarida jag‘ suyaklari zichligini baholashda yuqori diagnostik ahamiyati isbotlangan;
homilador ayollarda jag‘ suyaklari yallig‘langan o‘choqli zonalarida suyak perforatsiyasini kompleks davo tarkibiga kiritish o‘tkazilayotgan davolash tadbirlari samaradorligini an’anaviy davolash usullariga nisbatan yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlarda stomatologik statusni o‘rganish, periapikal to‘qimalardagi yallig‘lanish jarayonlarini davolash va yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish jarayonlarining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
homilador ayollarda odontogen infeksiyada yallig‘lanish jarayonlarini olidini olishda davolash-diagnostik usullarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Homilador ayollarda odontogen infeksiyada yallig‘lanish jarayonlari profilaktikasining davolash-diagnostik algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-d/955-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma homilador ayollarda yuz-jag‘ sohasida yallig‘lanish jarayonlarining asoratlari sabablarini aniqlash, tashxis qo‘yish va yallig‘lanish jarayonlarining profilaktikasini o‘tkazish imkonini bergan;
homilador ayollarda odontogen infeksiyada gumoral va hujayraviy immunitetni tashxislashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Odontogen yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan homiladorlarda gumoral va hujayraviy immunitetni tashxislash usuli” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-d/956-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma odontogen yallig‘lanish kasalliklarida xamiladar ayollarda immunologik tashxislash usuli, davolash samaradorligini bashorat qilish va baholash, homilador ayollarning yashash sifatini yaxshilaydigan kam invaziv jarrohlik davolash usulini nazorat ostida qo‘llash imkonini bergan;
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-sonli klinik shifoxonasi va Samarqand viloyat Stomatologiya poliklinikasining amaliy faoliyatiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/398-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini joriy etish va qo‘llash homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan stomatologik yordam darajasini oshirish, ularni davolash vaqtini qisqartirish va yashash sifatini yaxshilash imkonini bergan.