Aminov Umid Sabitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda idiopatik epilepsiyaning klinik- immunologik xususiyatlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib138.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Egashev Nasriddin Shamsiddinvich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishini erta tashhislashni takomillashtirish va eng samarali jarrohlik yulini tanlash orqali kasallikni davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda zotiljam kasalligi, plevra empiemasi va boshqa o‘pka kasalliklarining umumiy kechuvi, bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishining aniq demografik tuzilishi va ushbu havfli nafas olish kasalligi rivojlanishining havf omillari aniqlangan;
bolalardagi o‘pkaning bakterial emirilishining turli shakllarini klinik hususiyatlari xamda kasallikning ultratovushli morfologik ko‘rinishi asoslangan;
bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishining zamonaviy etiologik tuzilishi va kasallikning klinik ko‘rinishi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
o‘pkaning bakterial emirilishi bo‘lgan bolalarda PELOD tizimi asosida, bir nechta organ disfunksiyasining rivojlanish hususiyatlari, kasallikning yangi patogenetik xarakteristikasi – disfunksiyasida ishtirok etadigan tana tizimlari soni va tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromini (CVD) namoyon bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
videotorakoskopik usulda davolash imkoniyatlari namoyish etilgan va kengaytirilgan, bolalarda plevra asoratlarini radikal davolashda yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda idiopatik epilepsiyaning klinik- immunologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishini samarali davolash taktikasini baholash asosida, ishlab chiqilgan «Bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishini tashhislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 8n-r/134-son ma’lumotnomasi). O‘pkaning bakterial emirilishi natijasida bolalarda videotorakoskopik operatsiyalardan foydalanish asoratlarni 33,3% dan 6,4% gacha, o‘lim ko‘rsatgichini minimallashtirish, hamda statsionar davolanish vaqtini kamaytirishga imkon bergan, bolalarda o‘pkaning bakterial emirilishini davolashda, ishlab chiqilgan kompyuter dasturi va jarrohlik uslubida davolash imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xamda Toshkentning 2-shahar bolalar shifohonasi bolalar jarrohlik bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d 144-son ma’lumotnomasi). Davolash taktikasini tanlash uchun kom`pyuter dasturini kiritilishi, o‘pkaning bakterial emirilishining o‘pka-plevra shakllarini davolashda, dastlabki tanlangan uslubning samaradorligini 61,6% dan 95,0% gacha oshirishga va statsionarda davolanish vaqtini 14.96 dan 6,90 yotoq kunlarigacha qisqartirishga, kasallikning plevra asoratlari bo‘lgan bolalarda, plevra ichiga fermentativ dori vositalarini davolashda qo‘llanilishi o‘pkaning to‘liq kengayishiga erishish vaqtini o‘rtacha 4 kunga qisqartirish imkonini bergan.