Muminova Dinara Ramizullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning e’tiqodi va amaliyotini baholash tizimi orqali bolalarda dastlabki savodxonlikni rivojlantirish»,13.00.08  - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Ped2056.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Ismadiyarov Yashin Utkurovich,pedagogika fanlari doktori, dotsent;Tadjieva Muhabbat Xaydaralievna,pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Puchon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda dastlabki savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan pedagoglarninge’tiqodi va amaliyoti sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirish va baholash metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta savodxonlikni rivojlantirish jarayoni modeli kichik va o‘rta yoshdagi bolalar uchun tabiiy savodxonlik muhiti(literacy environment)ni pedagog ustaxonalaridan foydalangan holda yaratishning pedagogik va didaktik shartlari(literacy in play, library games)ni belgilash hamda erta savodxonlikka ta’sir etuvchi fonologik qobiliyatlarni rivojlantirish, mayda motorika, savodxonlikka ajratilgan vaqt sifati kabi omillar (factor analysis)ni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
bolalarda kitobxonlikni rivojlantirishda ota-onalar bilan hamkorlik qilish texnologiyalari mediakommunikatsiya (mediacontent), ota-ona va pedagog faoliyati (parent-teacher community), ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga uyda kitobxon muhitini yaratish hamda erta savodxonlikka oid volontyorlik(parents volunteering) faoliyatiga ota-ona bilan kitob soati, ota-onalar kitobxon guruhlarini tashkil etish orqali jalb qilish (parents involving), bolaga kitob o‘qib berish yuzasidan ota-onani haftalik ma’lumot almashinuvi targ‘ibotiga undash asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki savodxonlikni rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan;
bolalarda erta savodxonlikni rivojlantirishda pedagoglarning e’tiqodi va amaliyotini diagnostika qilish (Belief and Practice Diagnostics) usullari baholash vositasi “Preschool Literacy Survey” bilan “laykert” javoblar tizimini ikki tomonlama tarjima (face validity) hamda ichki mutanosiblik (internal validity) yordamida lokalizatsiya qilish orqali  takomillashtirilgan;
“Erta savodxonlik” (Emergent literacy), “Pedagogning e’tiqodi” (Teacher’s Beliefs) va “Pedagogning amaliyoti” (Teacher’s Practice) kabi tushunchalarning mazmuni kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalarda «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari»ni uning neyrofiziologik rivojlanishiga asoslangan holda shakllantirish shartlari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning e’tiqodi va amaliyotini baholash tizimi orqali bolalarda dastlabki savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan amaliy natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda, erta savodxonlik (Emergent literacy), pedagogning e’tiqodi (Teacher’s Beliefs), pedagogning amaliyoti (Teacher’s Practice) mazmunini aniqlashga oid tavsiyalardan Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida maktabgacha ta’lim pedagoglarini kasbiy rivojlantirish, yangi innovatsion, psixologik va zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan xalqaro miqyosda tan olingan texnologiyalarni o‘zlashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 0303/2-3649-son ma’lumotnomasi).  Natijada erta savodxonlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlashga, pedagoglarning kasbiy rivojlanishining zamonaviy  talablarini belgilashga xizmat  qilgan;
kitobxonlikni rivojlantirishda ota-onalar bilan hamkorlik qilish texnologiyalarini takomillashtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish va erta savodxonlikni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitobxonlikni rivojlantirish metodikasi” (guvohnoma №2-3-2020) nomli o‘quv qo‘llanma mazmunga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 0303/2-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning e’tiqodi, ularda erta savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliyotlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga erishilgan;
 erta savodxonlikni rivojlantirish uchun tabiiy muhitni yaratishda «3+» yosh kategoriyasini amalga kiritish, «Mening birinchi o‘qish kitobim» kitoblar seriyasini ishlab chiqishga oid tavsiyalar va ishlanmalardan  maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus adabiyotlar yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 0303/2-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy savodxonlik muhitini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
pedagoglarning e’tiqodi va amaliyotini diagnostika qilish (Belief Diagnostics) usullari, diagnostika vositasi(Preschool Literacy Survey) asosida pedagoglarning e’tiqodlari va amaliyotlarini zamonaviy konsepsiyalarga muvofiqligi hamda birgalikda o‘qish sifatini baholash ko‘rsatkichlari va  vositalari yuzasidan olingan xulosalar Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 0303/2-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur baholash indekatorlari maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini baholash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish