Ergashev Bobirjon Boxodirovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik strategiyasini loyihalashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped208.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbatxon Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim yo‘nalishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik strategiyasini loyihalash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajalarining ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy-pedagogik tarkibiy qismlarini belgilash hamda kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi o‘quv muassasalarining mavjud moddiy-texnik bazasi, o‘quv dasturlarining mazmuni va tarkibiy tuzilishi kabi shart-sharoitlar aniqlanib, professional ta’lim makoni, funksiyalari, komponentlari pedagogik jarayonni bosqichma-bosqich strategik loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy-pedagogik tayyorgarligini bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta’minlovchi pedagogik strategiyani loyihalash modeli kasbiy-pedagogik bilimlarni integratsiyalash, kasbiy vazifalarni bajarish va individual improvizatsiyalashga qaratilgan didaktik jarayonni amalga oshirishning strategik harakatlari uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy-pedagogik tayyorgarligini loyihalashning pedagogik strategiyasi texnologik xaritasining funksional bloklari strategik bosqichlar va shart-sharoitlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, pedagogik va ixtisoslik fanlarini integrativ mazmunini didaktika prinsiplariga moslashtirish hamda o‘qituvchi va talaba faoliyati traektoriyasini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini baholash usullari shaxsiy va professional kompetensiyalarni baholash ko‘rsatkichlari (mobillik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, strategik va analitik tafakkur, innovatsiyaga intilish, tashkilotchilik faoliyati) hamda integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish kabi tashkiliy-funksional imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda hamkorlikka asoslangan (collaborative technologies) shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning texnologik xaritasi, kreativ ta’limga asoslangan ta’lim metodlari (mobil ta’lim, diskussiya, vaziyatni imitatsiya qilish, amaliy vaziyatlarni tahlil qilish (case-study)), ta’lim natijalarini baholashda kompetentlikning kompleks pedagogik diagnostikasi vositalarini o‘z ichiga olgan didaktik ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim yo‘nalishi talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik strategiyasini loyihalashga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini baholash usullari, shaxsiy va professional kompetensiyalarni baholash ko‘rsatkichlari (mobillik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, strategik va analitik tafakkur, innovatsiyaga intilish, tashkilotchilik faoliyati)ni belgilashga oid takliflari hamda ilmiy ishlanmalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax politexnika institutining OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 19 yanvardagi 02-089-089 ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholashda ijtimoiy-psixologik omillarni belgilash, takomillashtirilgan va o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalarni yaratishda xizmat qilgan;
professional ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy-pedagogik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik strategiyasini joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti (o‘quv mashg‘ulotlarining texnologik xaritalari, integrativ mashg‘ulot ishlanmalari, kreativ o‘qitish metodlari, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari, “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fani bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma dasturi) Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Jizzax politexnika institutida kasb ta’limi yo‘nalishlarida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 14 iyundagi 06810-son mualliflik guvohnomasi). Pedagogik strategiyaning ilmiy-metodik ta’minoti bo‘lajak professional ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga hamda professional yo‘naltirilgan va kompetentli, mezoniy-baholash elementlaridan iborat kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini baholash oid tavsiyalar “O‘quv jarayonida talabalar bilimini baholash uchun test” didaktik-axborot ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 10 dekabrdagi 10202-son mualliflik guvohnomasi). Mazkur ta’minot talabalarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligini oshirish hamda “informatika ixtisosligini o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning uslubiy-metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan.