Mirzaeva Barno To‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
«O‘zbek fol`klorshunosligi shakllanishi va taraqqiyotida Hodi Zarifovning o‘rni», 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil97.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Mamatqul,filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Achilov Nasim Kamolovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hodi Zarifovning faoliyati va ijodi misolida o‘zbek fol`klorshunosligining kelib chiqishi, shakllanishi va taraqqiyot tamoyillarini ochib berish hamda o‘zbek fol`klori namunalarining yozib olinish tarixini aniqlash va u yaratgan ilmiy meros mohiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fol`klor arxivida saqlanayotgan «Hodi Zarifov shaxsiy fondi» (olimlar bilan yozishmalari, maqolalarining qo‘lyozma nusxalari, ekspedisiya kundaliklari) hamda H.Zarifov rahbarligida va bevosita uning ishtirokida o‘tkazilgan dala ekspedisiyalari materiallari orqali o‘zbek fol`klorshunosligining taraqqiyot yo‘li ochib berilgan;
XX asrning 20-yillarida fol`klorshunoslik tarixida birinchi marta jonli ijro holatida o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarini, barcha janrlarga oid fol`klor asarlarini yozib olish, arxivlashtirish ishini tashkil etgan H.Zarifovning o‘zbek eposi va baxshichilik san’ati«O‘zbek xalq qahramonlik eposi» monografiyasi misolidaasoslangan;
Hodi Zarifovning fol`klorshunoslik tarixi, nazariy fol`klorshunoslik, fol`klor tekstologiyasiga bag‘ishlangan qarashlari, nashr etilgan xalq dostonlariga yozilgan so‘zboshilari, o‘zbek xalq ijodi asarlarini nashrga tayyorlashda ishlab chiqqan etti banddaniborat tamoyillari hamda«O‘zbek fol`klori» xrestomatiyasifan uchun muhim manba ekanligi dalillangan;
Hodi Zarifovning Alisher Navoiy lirik merosi, xususan, uning aforizmlari, ruboiy va tuyuqlari, ulug‘ shoirning adabiy muhiti, zamondoshlari ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan to‘plamlari hamda XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti badiiy takomilidagi ahamiyatiasoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrboshlarida xalq ijodi namunalarini yozib olish, tasniflash va nashrga tayyorlash masalalarini  fol`klorshunos olim Hodi Zarifov faoliyati nuqtai nazaridan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘zbek fol`klorshunosligi asoschisi H.Zarifovning o‘zbek dostonchilik maktablari, baxshilik san’ati, xalq shoirlarining hayoti, ijodi va repertuari, eposshunoslik, fol`klorshunoslik tarixi, marosim fol`klori, nazariy fol`klorshunoslik, fol`klor tekstologiyasi kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan asarlari o‘rganilishiga bog‘liq ilmiy qarashlaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” (2017-2020) fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 27 oktyabrdagi 17.01/262-son ma’lumotnomasi). Natijada Hodi Zarif shaxsiy fondini ilmiy tavsiflash va jahon fol`klorshunosligining bugungi taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, o‘zbek fol`klori janrlarini ilmiy tadqiq qilishning yangicha tamoyillarini belgilashga oid fol`klorshunoslik masalalarini yoritish orqali loyiha boy manbalar bilan to‘ldirilgan;
H.Zarifov asarlarining eposshunoslik taraqqiyotida hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti bo‘yicha, xususan Alisher Navoiy ijodi borasida olib borgan tadqiqotlaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2018-2020 yillarda bajarilganPZ-20170930220 raqamli “Navoiy qomusini nashrga tayyorlash va chop etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 noyabrdagi 3/1255-3035-son ma’lumotnomasi). Natijada H.Zarifovning mutafakkir shoir Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlari umumlashtirilib, “Hodi Zarif – navoiyshunos” (2021), “Hodi Zarifov tadqiqotlarida Alisher Navoiy aforizmlari” (2021), “Hodi Zarif va uning “Navoiy zamondoshlari” to‘plamining yaratilishi tarixi (2014) kabi maqolalari qomusga kiritilgan;
Hodi Zarifov xalq ijodi asarlarini ilmiy asosda yozib olish, arxivlashtirish, nashr etish va ilmiy tadqiq qilish ishini tashkil etgan ilk fol`klorshunos, xalqimiz etnomadaniyatiga doir materiallarni to‘plagan birinchi o‘zbek muzeyshunosi, keng qamrovli etnografik kuzatishlar olib borgan etnolog olim sifatidagi ilmiy-nazariy qarashlaridan keng omma orasida targ‘ib qilishda “O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’naviy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 04-25-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada atoqli fol`klorshunos olim H.Zarifov ilmiy ijodi, uning xalq og‘zaki badiiy ijodini tadqiq etishdagi o‘ziga xos nazariy konsepsiyalari, o‘zbek xalq ijodi asarlarini to‘plash, arxivlashtirish, nashr etish va ilmiy o‘rganish borasidagi tadqiqotlarining hozirgi zamon fol`klorshunoslikdagi muhim ahamiyati keng targ‘ib qilishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish