Ismatullaev Azizbek Faxriddin ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Konteyner blok-poezdlarida yuk etkazib berish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1210
Ilmiy rahbar: Rasulov Marufdjan Xalikovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk oqimlarining tezlashtirilgan harakatlanishini ta’minlaydigan konteynerli blok-poezdlarda yuklarni etkazib berish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
juftli korrelyasiya usuli yordamida parametrlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rnatish asosida transport xizmatining sifatiga ta’siri bo‘yicha taqsimlash uchun konteyner blok-poezdi va konteyner terminalining omillari va parametrlari ajratib olindi va asoslandi;
dinamik dasturlash usulini qo‘llash asosida konteyner terminalini rivojlantirish uchun uzeldagi tayanch temir yo‘l stansiyasini tanlashning matematik modeli ishlab chiqildi;
“yo‘naltirilgan tanlov” usulini qo‘llash asosida etkazib berish logistik zanjirining optimal ish tartibini izlash uchun konteyner blok-poezdi va konteyner terminalining asosiy parametrlari optimallashtirildi;
zahiralarni boshqarish nazariyasini qo‘llash asosida texnik vositalarning unumdor bo‘lmagan to‘xtab turishlarini minimallashtirish uchun konteyner terminallarga fitingli vagonlarni uzatishning bir maromdaligini va kelishilganligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy yondashuv ishlab chiqildi;
AnyLogic muhitida dasturiy ta’minotni qo‘llash asosida loyihalash jarayonida «tor» joylarni bashoratlash uchun konteyner terminali ishining imitatsion modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konteynerli blok-poezdlarda yuklarni etkazib berish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konteyner terminalining rivojlanishi uchun uzeldagi tayanch temir yo‘l stansiyasini izlash, shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning konteyner terminallarida konteynerlarning yig‘ilish jarayonlarini batafsil tahlil etish usullari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2021 yil 10 dekabrdagi 01/4254-21-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijalarining joriy etilishi tufayli konteyner terminalining barpo etilishi uchun uzeldagi tayanch temir yo‘l stansiyasi aniqlandi, logistik harajatlarni 10 % ga qisqartirishga erishilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdagi konteyner terminallarining optimal ish tartibini izlash instrumental vositasi va usuli (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2021 yil 10 dekabrdagi 01/4254-21-son ma’lumotnomasi). Natijada vagonlarning unumdor bo‘lmagan to‘xtab turishlarining qisqartirilishiga eriishildi, ortish-tushirish mashinalarning ish unumdorligi hamda terminalning qayta ishlash qobilyati 1,1 – 1,15 ga o‘sgan.
konteyner terminallaridagi konteynerlarning yig‘ilish jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJda amalga oshirildi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2021 yil 10 dekabrdagi 01/4254-21-son ma’lumotnomasi). Konteyner maydonining sig‘imi 10% ga oshirilgan.