Mirzaev Mirfayz Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takomillashgan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasi”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T206. 
Ilmiy rahbar: Mirzaev Shavkat Mustakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor; Axatov Jasur Saidovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh suv chuchitgich qurilmalarida issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini tadqiqot qilish asosida takomillashgan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
quyosh suv chuchitgich qurilmalarining ishchi kamerasida bug‘lanish intensivligini oshirish imkonini beradigan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashgan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasining issiqlik balansini matematik modellashtirish va uning sonli echimlari asosida qurilmadagi sho‘r suv, qurilmaning shaffof qoplamasi va qoraytirilgan asosi, quritgichda harakatlanayotgan nam havo haroratlarini o‘zgarishini hisoblash imkonini beradigan tenglamalar olingan;
quyosh suv chuchitgich qurilmasining asosidan yo‘qotiladigan issiqlikni kamaytirish va bir vaqtning o‘zida chuchuk suv olish hamda mahsulotni quritish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan quyosh suv chuchitgich-quritgich qurilmasi ishlab chiqilgan;
qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmalarining yassi shaffof sirtiga tushadigan kunlik quyosh nurlanish energiyasining soatlik qiymatlarini hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
tabiiy sharoitda o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari natijalarini umumlashtirish asosida quyosh suv chuchitgich qurilmasida olinadigan chuchuk suv miqdorini quyosh radiatsiyasi va atrof-muhit haroratiga bog‘liq holda o‘zgarishini aniqlovchi empirik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Takomillashgan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasini ishlab chiqish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir vaqtda chuchuk suv olish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishga mo‘ljallangan kombinatsiyalashgan quyosh chuchitgich-quritgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№ FAP 01462, 12.12.2019 y.). Natijada, bir vaqtning o‘zida qurilmadan chuchuk suv va sifatli quritilgan mahsulot olish imkoniyati yaratilgan;. 
kombinatsiyalashgan qiya-ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasi Buxoro viloyatining “Ilhom yulduzi zamini” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 01/12-5448-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning bir metr kvadrat yuzasidan mavsum davomida o‘rtacha 95,7 kg shartli yoqilg‘ini tejashga erishilgan;
qiya-ko‘p pog‘onali suv chuchitgich qurilmasining shaffof sirtiga tushuvchi yig‘indi quyosh nurlanishi quvvatini hisoblovchi dasturdan (DGU 05073) Buxoro davlat universitetida 2016-2017 yillarda bajarilgan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3919-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv chuchitish qurilmalarining shaffof sirtiga tushayotgan quyosh nurlanish energiyasi miqdorini nazariy aniqlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish