Abdullaev Nodir Abdulxaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajba beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar sharoitida Suriyaning siyosiy transformatsiyasi», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3 DSc/Ss31.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla Ergashevich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga tahdidlar sharoitida Suriya Arab Respublikasining siyosiy transformatsiyasi, uning ichki va tashqi omillarini aniqlash, sabablari va kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sir qilayotgan millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar Suriyani tashqi ta’sirlarga nisbatan zaiflashuviga, fuqarolar xavfsizligi, konstitusion tuzum va hududiy yaxlitlikni ta’minlashda tizimli muammolarga olib kelayotganligi aniqlangan;
Suriyaning hozirgi siyosiy transformatsiyasi jarayonida ichki va tashqi muxolif harakatlarga qarshi turadigan qat’iy protsessual moddalarni amaldagi qonunchilikka kiritish, davlat organlari o‘z faoliyatida “inson-huquq-davlat” tamoyiliga asoslangan boshqaruv mexanizmiga tayanish zaruriyati asoslangan;
davlat boshqaruvi hokimiyat organlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish hamda muvozanatni saqlashda vakolatlarning birlashib ketishi va manfaatlar to‘qnashuvi mamlakatda amaldagi hokimiyatni sinflashuviga, siyosiy institutlarning deklarativ ko‘rinishiga, siyosiy qarorlar qabul qilishda harbiy elitani hal qiluvchi kuchga aylantirganligi ochib berilgan;
Yaqin Sharq mintaqasida Suriya o‘zining geostrategik nufuzini mustahkamlashda tolerantlik asosida diniy omil xavfsizligini ta’minlash, umumarab integratsiyasini tiklash hamda arab-Isroil nizosiga nisbatan konstruktiv pozisiyaga o‘tish muhim strategik vazifasi ekanligi asoslangan;
Suriya suvereniteti va izchil rivojlanishiga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi shaffof institusional, davlat boshqaruvi tizimi resurslaridan samarali foydalanish, xalq manfaatlariga asoslangan xavfsizlik tizimini yaratish zarurati barqaror taraqqiyot garovi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar, mintaqadagi yangi geosiyosiy vaziyatning barqaror rivojlanishga ta’siri, siyosiy transformatsiya salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tadqiqot natijalari asosida:
Suriyadagi ichki siyosiy jarayonlarning hozirgi tendensiyalaridan kelib chiqib, ichki va tashqi muxolif harakatlarga qarshi turadigan qat’iy protsessual moddalarni amaldagi qonunchilikka kiritish borasidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan arab davlatlari bilan munosabatlarga oid qonunchilik hujjatlarini ko‘rib chiqish va ularni ma’qullash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 5 martdagi 10/1-254-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy jarayonlarni belgilash va baholash, mojarolarni hal qilishning siyosiy-huquqiy mexanizmlari milliy hamda xalqaro darajada etarli shakllanmagani ularni takomillashtirish zarurati mavjudligi borasidagi xulosalarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
Yaqin Sharq mintaqasida Suriya o‘zining geostrategik nufuzini mustahkamlashda tolerantlik asosida diniy omil xavfsizligini ta’minlash, umumarab integratsiyasini tiklash hamda arab-Isroil nizosiga nisbatan konstruktiv pozisiyaga o‘tishi muhim strategik vazifasi ekanligi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 18/6349-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida diplomatik munosabatlarni olib borish, Suriya mojarosining Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga ta’siri borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Suriyadagi millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar mamlakatni tashqi ta’sirlarga nisbatan zaiflashuviga, hududiy parchalanishiga hamda iqtisodiy tanazzulga olib kelayotganligi, suverenitetiga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi shaffof institusional, davlat boshqaruvi tizimi resurslaridan samarali foydalanish, xalq manfaatlariga asoslangan xavfsizlik tizimini yaratish borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (SMTI 2021 yil 26 fevraldagi 05-5/189-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki siyosiy masalalarni hal qilish muammolari, jamiyatning etnik va konfessional o‘ziga xosligini inobatga olish zarurati, ularning mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri, axborot xavfsizligi va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlashga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvida hokimiyat organlarining o‘zaro tiyib turish hamda muvozanatni saqlash funksiyasini bajarilmasligi Suriyada amaldagi hokimiyatning sinflashuviga, siyosiy institutlarning deklarativ ko‘rinishiga, siyosiy qarorlar qabul qilishda muayyan siyosiy elita vakillarini hal qiluvchi kuchga aylantirganligi borasida ilmiy-nazariy xulosalar O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan xorijiy mamlakatlar tajribalari tahliliga ko‘ra axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 26 fevraldagi 01-27/180-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy davlatlarda ijtimoiy-siyosiy mojarolarni hal qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, turli yot g‘oyalarga qarshi kurashishning ilmiy  asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda foydalanilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish