Kodirov Axmadjon Abduraufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyati sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navida defoliatsiya samaradorligini aniqlash”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx711.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamalxon Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmatov Baxtiyor Ne’matovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navida defoliatsiya o‘tkazish samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navidan ertagi, yuqori va sifatli hosil etishtirishda SuyuqXMD va UzDEF defoliantlarining samaradorligi aniqlangan;
ingichka tolali Termiz-202 navining defoliantlar ta’sirida barglar to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, g‘o‘zaning hosildorligi va tola sifati hamda chigitning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Termiz-202 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilganda SuyuqXMD 8,0 l/ga va 40-50% ochilganda 9,0 l/ga, UzDEF esa ko‘saklar 30-40% ochilganda 7,0 l/ga va 40-50% ochilganda 8,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash samarali ekanligi ishlab chiqilgan;
mahalliy SuyuqXMD va UzDEF defoliantlarini maqbul me’yor va muddatlarda qo‘llash natijasida birinchi terim salmog‘i, paxta hosili va iqtisodiy samaradorlik ortishi, ko‘saklar ochilishi va birinchi terim salmog‘i orasida yuqori darajada korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navining ko‘saklari ochilish darajasini inobatga olgan holda defoliantlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
ingichka tolali g‘o‘za navida defoliantlarni qo‘llash borasida “Ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navida sifatli defoliatsiya o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2576-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta etishtiruvchi agroklasterlar va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilgan muddatda defoliantlarni maqbul qo‘llash texnologiyasi Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarining 90 gektariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2576-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida barglar to‘kilishi 76,6-80,9%, ko‘saklar ochilishi 66,9-78,1%, birinchi terim salmog‘i 82,4-78,3 foizga oshib, paxta hosildorligi 29,2-30,7 s/ga, nazoratga nisbatan 1,1-1,4 s/ga yuqori hosil olingan;
g‘o‘za ko‘saklari 40-50% ochilgan muddatda defoliantlarni qo‘llashning maqbul me’yori Surxondaryo viloyatining Angor tumani fermer xo‘jaliklarida 92,3 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2576-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za barglari to‘kilishi 84,1-86,6% ni, ko‘saklar ochilishi 77,3-82,0%, hosildorlik 30,6-31,2 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 1,3-1,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan.