Tajetdinov Nauruzbay Daribaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida silliq shirinmiyani (Glycyrrhiza Glabra L) urug‘idan etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx606.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimov Sharofiddin Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan tuproqlari sharoitida Silliq shirinmiya (Glycyrrhiz glabra L) ekinini urug‘idan etishtirishda GEOGUMAT, AMINOMAKS stimulyatorlari va KALIFOS bioo‘g‘itini qo‘llab urug‘ ekish va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida silliq shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L) urug‘ini ekish oldidan GEOGUMAT 2,2 l/t, AMINOMAKS 2,0 l/t va KALIFOS bioug‘itida 2,5 l/t me’yorida 36 soat ivitish maqbul ekanligi hamda uning o‘sishi va rivojlanishi ildiz va pichan hosildorligini oshirgani aniqlangan;
sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida silliq shirinmiyani urug‘ini ekish me’yori 15 kg/ga va mineral o‘g‘itlarni maqbul o‘g‘itlash me’yori N100P140K80 kg/ga ekani aniqlangan;
silliq shirinmiyaning chin barg paydo bshhladigan davrida nazoratda variantida barg yuzasi bir tup o‘simlikda 104 sm2 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, GEOGUMAT stimulyatorlarning ta’sirida barg yuzasi 59 sm2 ga, AMINOMAX IFO stimulyatorlar ta’sirida esa 38 sm2 ga, KALIFOS IFO ta’sirida esa 23 sm2 ga yuiori bo‘lib, shonalash davrida nazorat variantida 1560 sm2 ni tashkil etgan bo‘lsa, GEOGUMAT ta’sirida 1180 sm2 ga, AMINOMAX IFO ta’sirida 970 m2 ga, KALIFOS IFO ta’sirida 640 sm 2 oshganligi aniqlangan;
ildiz hosildorligi nazorat variantda o‘rtacha 4,4 tonna, GEOGUMAT stimulyatori qo‘llanilganda 5,4, AMINOMAX IFO biostimulyatorida 5,2, KALIFOS IFO da 4,6 tonna ildiz hosili olindi va pichan hosildorligi variantlar bo‘yicha GEOGUMAT stimulyatori ta’sirida nazorat variantga nisbatan mos ravishda 3,8 s/ga, 6,8 va 8,7 s/ga qo‘shimcha pichan hosil olish mumkinligi aniqlangan;
silliq shirinmiyani urug‘idan etishtirishda mineral o‘g‘itlar N100P140K80 kg/ga qo‘llanilganda 17,4 t/ga ildiz va 139,0 s/ga pichan hosili olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Silliq shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L) ekinini urug‘idan etishtirishda ekish va ma’dan ug‘itlar me’yorlarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tqazilgan tadqiqotlar natijalariga asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Silliq shirinmiyani urug‘idan etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4-oktyabrdagi №02/023-2645-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar, ilmiy hodimlar va talabalari uchun foydali qo‘llanma sifatida keng foydalanilib kelinmoqda;
silliq shirinmiyani urug‘ini GEOGUMAT biostimulyatori 2,2 l/t me’yorda 36 soat davomida ivitib ekish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 16 ga va Shumanay tumanida 12 ga, Chimboy tumanida 14 ga jami 42 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil oktyabr sanasida №02/023-2645-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur texnologiyani joriy qilish evaziga xo‘jaliklarda o‘rtacha 1 mln 318 ming so‘m foyda olingan va 41,3% rentabellikka erishilgan;
silliq shirinmiyani urug‘ ekish me’yori 15 kg/ga va mineral o‘g‘itlar N100P140K80 qo‘llash texnologiyasi Xo‘jayli tumanida 13 ga va Shumanay tumanida 10 ga, Chimboy tumanida 12 ga, jami 35 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4-oktyabrdagi №02/023-2645-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur agrotexnologiyani joriy qilish evaziga xo‘jaliklar o‘rtacha 1 mln 118 ming so‘m foyda olishgan va 39,6% rentabellikka erishgan.