Madatov Utkirjon Abdiraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xrom va marganes ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K181.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Tillaev Sanjar Usmonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat, tabiiy ob’ektlar tarkibidagi xrom (III) va marganes (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 1,8-dioksinaftalin-3,6-disul`fokislotaning ikki natriyli tuzi hamda alizarin-3-metilamino-N,N-disirka kislotasi reagentlarining faol funksional va analitik guruhlari tolali sorbentlarga immobillashning va kompleks hosil bo‘lishning kvant-kimyoviy hisoblashlari (Gaussian dasturi) yordamida aniqlangan;
tolaga organik reagentlarning immobillanish va metall ionlari bilan kompleks hosil kilish optimal sharoitlari o‘rganildi, ular asosida xrom(III) xamda marganes (II) ionlarini eritma muhiti kislotali bo‘lganda kompleks hosil qilishiga halaqit beruvchi ionlarning ta’siri kamayganligi isbotlangan;
kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari Komar` va Adamovich usuli yordamida, kompleks tarkibi esa Me:R=1:1 nisbatda reaksiyaga kirishishi Asmusning to‘g‘ri chiziqlar, izomolyar seriyalar, to‘yintirish usullari yordamida isbotlangan;
xrom (III) va marganes (II) ionlarini aniqlashda immobillangan 1,8-dioksinaftalin-3,6-disul`fokislotaning ikki natriyli tuzi alizarin-3-metilamino-N,N-disirka kislotalari yordamida sorbsion-spektrofotometrik usuli ishlab chiqilgan;
Ishlab chiqilgan usul turli model, binar, uchlamchi, murakkab aralashmalar, tabiiy va oqava suvlar hamda kimyo sanoati chiqindi mahsulotlari namunalarida xrom va marganesni aniqlashga qo‘llanilgan, natijada metrologik parametrlari yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat oqava suvlarida xrom (III) va marganes (II) ionlarini aniqlash va tozalashning yangi sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida xrom va marganes ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usuli Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining aksiyadorlik jamiyatining «Markaziy analitik laboratoriyasi» amaliyotiga joriy qilingan. («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 11 oktyabrdagi 1263/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarda xrom (III) va marganes (II) ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
xrom (III) va marganes (II) ionlarini aniqlash va ajratish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining amaliyotiga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 11 iyundagi 02-06-04/6195-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi og‘ir metallarning ionlarini aniqlash va samarali tozalash imkonini bergan;
xrom (III) va marganes (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usulidan FZ-20171024243 raqamli «Issledovanie fiziko-ximicheskix svoystv immobilizovanix azoreagentov s ionami kobal`ta i jeleza» mavzusidagi amaliy loyihada sanoat chiqindilari tarkibidagi rangli metallarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5424-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari tarkibidagi og‘ir va zaxarli metall ionlarini aniqlashning test usulini ishlab chiqish imkonini bergan.