Kudiyarova Aygul Dauletiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Siprofloksatsinning kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K359.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Aziz Baktiyarovich, kimyo fanlari doktori; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Adizov Shahobiddin Muhammadovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siprofloksatsinning Co(II), Cu(II), Zn, Cd metallari bilan metallokompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor siprofloksatsinning Co(II), Cu(II), Zn va Cd metall kationlari bilan tarkibi M:HL 1:1 va 1:2 tarkibli 20 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
RSA, DSK, element, mass-spektrometriya, IQ, Raman spektroskopik analiz usullari yordamida siprofloksatsin va uning komplekslarini tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlanib tetraedr hamda oktaedr tuzilishli poliedr metallokomplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida elektronodonor va elektronoakseptor markazlari aniqlanib, [Zn(HL)Cl2]·2H2O kompleksida elektrostatik potensialining maksimumi to‘rtlamchi azot atomi atrofida, minimumi esa xlor atomlari atrofida joylashishi aniqlangan;
Xirshfel`d sirt tahlilida H∙∙∙H va O∙∙∙H/O∙∙∙H ta’sirlari kuzatilgan hamda molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan;
[Cu(HL)2(C2H5OH)2]∙6H2O dagi stereokimyoviy va elektron ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti hisobiga metall-etanol bog‘larining uzayishi tufayli cho‘zilgan oktaedr tuzilishdagi mis ionining koordinatsion soni oltiga teng bo‘lgan sp3d2 gibridlanishli kompleks aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Siprofloksatsinning metallar bilan komplekslari sintezi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
siprofloksatsinning [Co(H2O)6](HL)2(SO4)2·6H2O [Zn(HL)Cl2]·2H2O, [Cu(HL)2(C2H5OH)2]·6H2O, [CdCl4](HL)2∙2H2O va [Cd(HL)2Cl2]∙3H2O tarkibli komplekslarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/conts/retrievihg.html CCDC 2123637, 2123638, 2039620, 2126697 va 2126702). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
KBS-1 stimulyatori Kegeyli tumanidagi “Abbaz Kipshak” fermer xo‘jaligi maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 2 dekabrdagi 02/18-2597-son ma’lumotnomasi). Natijada, KBS-1 stimulyatorini qo‘llash bug‘doyning unib chiqishini 2-3 kunga, vegetatsiya davri 10-15 kunga tezlashtirish, etilish davri 5-8 kunga qisqartirish, hosildorlik 7-8 % ga va tuproq unumdorligini oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning kristallografik ma’lumotlaridan BA-FA-F7-004 raqamli “Biologik faol birikmalar metallokomplekslari tuzilishiga haroratning ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihada metallokompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 1 noyabr` 4/1255-3007-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi komplekslarni olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.