Salixov Farxad Daniyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mumiyo asil kapsulasining texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash», 15.00.01 – Dori texnologiyasi, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Far47.
Ilmiy rahbarlar: [Aminov Sabirdjan Nigmatovich], kimyo fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Mavjuda Mamatoirovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Xilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori; Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy mumiyo xomashyosidan tozalangan quruq ekstrakt olishning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan quruq ekstrakt asosida mumiyo asil kapsulasining maqbul texnologiyasi va standartlash usullarini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mumiyo substansiyasini olishda elektrogidroimpul`sli qattiq fazali ekstraksiya, ul`trafil`tratsiya, tozalangan suyuq ekstraktni bug‘latish, konsentrlangan quyuq ekstraktni vakuum infraqizil nur ta’sirida quritish bosqichlaridan iborat yuqori samarali, quruq ekstraktdagi barcha biofaol moddalar kompleksini saqlab qolish imkonini beradigan yangi texnologiya ishlab chiqilgan; 
mumiyo substansiyasi tarkibidagi amino-, yog‘- va gumin kislotalarining miqdori va ekstraksiya jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan; 
mumiyo substansiyasi tarkibidagi vitamin   miqdorini aniqlashni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli ishlab chiqilgan; 
ilk bor yordamchi moddalar aerosil va kal`siy digidrofosfatlarni qo‘llab, kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani maqbul tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mumiyo asil kapsulasining texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tozalangan mumiyo substansiyasi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 O‘z–2217941-1575-2017) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma № DV/M.00043/02/15). Natijada, mahalliy tabiiy xomashyo bo‘lgan dori substansiyasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«ASR mumiyo asil» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 26179137-09:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 26179137-09:2020) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «PHARM ENGINEERING» MChJda kapsula shaklidagi biostimullovchi, adaptogen biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «ASR mumiyo asil» kapsulalari uchun spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, biostimullovchi, adaptogen faollikga ega va bezarar biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
tozalangan mumiyo substansiyasi uchun sanoat reglamenti QK «REMEDY GROUP» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (PR 42 Uz-03873/22175941-2233-2016). Natijada, biostimullovchi, adaptogen ta’sirga ega dori vositasini korxonada ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish