Turdimurodov Sirojiddin Eshqobilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida evfemik ma’nolar talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1557.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor;.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining umumiy izohli lug‘atlarida evfemik ma’noli leksemalarning berilish ko‘lamini kengaytirish, bosh so‘z ko‘chma ma’nolarini ifodalashning usullari, ularning grammatik tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, evfemik birliklarning lug‘atda berilishining nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek tili izohli lug‘atlari uchun evfemik ma’noli so‘zlik tanlashda bosh so‘z va lug‘at maqolasi strukturasi tarkibi, lug‘at maqolasida evfemik ko‘chma ma’nolarni berish va ularni izohlashda lingvistik xususiyatlarning intralingvistik jihatdan mutanosib, ekstralingvistik omillarga ko‘ra esa nomutanosibligi aniqlangan;
lug‘atlarda keltirilgan evfemik ma’noli leksemalarning semantikasi asosida yaratiladigan o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida evfemik ma’noli birliklar miqdorini yanada oshirish va takomillashtirish borasida(evf. (evfema) shartli qisqartma, uning lug‘at maqolasi strukturasi (tuzilishi))dagi ahamiyati asoslangan;
o‘zbek tili izohli lug‘atlari hamda til egalari nutqida uchraydigan evfemik birliklarning monosemantik (keksa, rafiqa, homilador) va polisemantik (buzilgan, bo‘yni yo‘g‘on, jon bermoq) xususiyatlari aniqlanib, ularning semantik taraqqiyoti ochib berilgan;
ot, sifat va fe’l metaforik evfemik ma’noli leksemalarning narsa-buyum, shaxs, faoliyat-jarayon, o‘rin-joy otlari, xususiyat, hajm-o‘lchov, hid bildiruvchi sifatlar, nutqiy, aqliy, jismoniy, holat fe’llari kabi ma’no turlari aniqlanib, evfemizmlarni morfologik turkumlashning lingvistik mezonlari belgilangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida uchraydigan evfemik ma’noli leksik qatlamni leksikografik tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
evfemik ma’noli leksemalar ko‘chim asosida yazaga kelishi, metaforik va metonimik ko‘chma ma’noli so‘zlarning lug‘atlarda berilishi, izohli lug‘atlardagi evfemik ma’noli leksemalarning metaforik va metonimik turlari, grammatik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihaning evfemizmlarning yasalishi, ularning ko‘pma’nolilik xususiyatlarini ochib berish qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 1 noyabrdagi 17.01/277-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida murakkab tarkibli leksemalarning yasalishida e’tibordan chetda qolib ketayotgan milliy evfemik xarakterdagi leksema va birikmalar salmog‘i sezilarli darajada yaxshilangan;
o‘zbek tilida ko‘chma ma’noli va evfemik ma’noli leksemalarning semantik ko‘lami va leksikografik talqini, evfemik qurilmalarni izohli lug‘atlarda ifodalashning ilmiy-nazariy muammolarini yoritishda olingan xulosalardan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihaning maqollarning etimologik, lingvomadaniy xususiyatlarini asoslash qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 1 noyabrdagi 17.01/277-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nutqiy madaniyat bilan bog‘liq evfemik maqollarning sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
o‘zbek tilning izohli lug‘atida evfemik ma’noli leksemalar va ularning tematikasi, metaforik va metonimik evfemalarning xususiyatlariga doir materiallar va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gid-tarjimonlarni tayyorlashda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 17 noyabrdagi 23/446-son ma’lumotnomasi). Natijada gid tarjimonlar va sayohatchi turistlar  nutqida so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda qo‘llashga, evfemik ma’noli leksemalardan unumli foydalanishga e’tibor kuchaygan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish