Raximov Navro‘zbek Shoxnazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tarixini o‘rganish muammolari va yondashuvlar (1920-2020 yillar)”. 07.00.08 – Tarixshunoslik,  manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tar.718.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Nodira Abdullaevna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Saidov Shavkat Jumabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarga oid qarashlar, ilgari surilgan g‘oya va yondashuvlarning o‘zgarib borishiga ta’sir qilgan omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
1920-1924 yillarda Xorazm hududidagi davlat ilmiy adabiyotlarda “Xorazm Respublikasi”, “Xorazm Xalq Respublikasi”, “Xorazm Xalq Sovet Respublikasi” kabi turli nomlarda berilganligi, aslida rasmiy hujjatlar, “Inqilob quyoshi” ro‘znomasi, davr adabiyoti va milliy arboblarning xotiralari asosida ushbu davlat nomini “Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati” deb atash zarurligi  asoslangan; 
1930-1950 yillardagi tadqiqotlar ko‘proq “Yosh xivaliklar” va milliy ziyolilarni obro‘sizlantirishga qaratilganligi hamda ularga nisbatan “radikal burjua-millatchi” va “panturkist” baholari qo‘llanilganligi isbotlangan;
1960-1980 yillar sovet tarixshunosligida Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tarixi xonlik boshqaruvidan “milliy sotsialistik davlat” tuzilishigacha bo‘lgan “oraliq davr” sifatida baholanganligi va tadqiqotlar ushbu g‘oyani isbotlashga yo‘naltirilganligi dalillangan;
1991-2020 yillarda yaratilgan ilmiy adabiyotlar asosida Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati rahbariyati RSFSR hukumati bilan dastlab teng shartlar ostida aloqa olib borgani hamda milliy manfaatlarni himoya qilishga intilganliklari tufayli boshqaruvdan chetlatilganliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asr birinchi choragiga taalluqli davlatchilik tarixi, Yosh xivaliklar vakillarining Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tuzilishidagi o‘rni va ularning keyingi taqdiri, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining VIII bob “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” yo‘nalishi doirasida “Jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar” ya’ni, “Tarixiy xotira va inson omili buyuk kelajagimizning garovidir”, “Yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning muhim omili”, “Komil insonni shakllanishida tarix va ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni”, “Milliy va tarixiy ong ma’naviy qadriyat sifatida” o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 16 iyundagi 02/011-556-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston davlatchiligi tarixida 1920-1924 yillarda mavjud bo‘lgan Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazib berishga xizmat qilgan;
Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatiga taalluqli manbalarni o‘rganish orqali Xiva xonligining tugatilishi, Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyatining tashkil topishi, davlat tuzilmasi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi jarayonlariga doir qo‘lga kiritilgan yangiliklardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi, “Tarixiy savol” tok-shousini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 02-40-864-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy xulosalari XXShJning qisqa faoliyati davomida erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish