Otajanova Manzura Omanboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek nasrida mifologizm”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2 .DSc/Fil73.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Naim Fatixovich, filologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yaqubov Islom Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mifologiyaning hozirgi o‘zbek nasri badiiy kontekstidagi o‘ziga xos transformatsiyasi va semantik vazifalarini aniqlash orqali mifologizmlarning poetik tabiati hamda badiiy tafakkur tadrijida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy mifologizmning hozirgi nasrdagi eng yangi va faol talqinlaridan biri «mif ijodkorligi» badiiy idrok etilgan voqelikning mifik tafakkur mezonlari ramziy-metaforik tasvirlash yoki «muallif neomifologizmi» ekanligi, uning o‘zbek adabiyotida «mif-hikoya» janri shakllanishiga asos bo‘lganligi ochib berilgan;
neomifologizmlarning poetik tafakkur yangilanishiga asos beruvchi muhim estetik vositalar sifatida badiiy asarda an’anaviy arxetiplar va dunyo xalqlari mifopoetik tafakkuri uchun mushtarak hisoblangan universal mifologemalarni qo‘llash hamda arxaik mifologiyaga oid syujet, obraz va timsoliy-metaforik atributlar asosida «mifosxema»ni yaratishi ochib berilgan;
o‘zbek romanlarining badiiy konteksti va syujet-kompozision qurilishida muhim semantik funksiya bajaruvchi mifologizmlar arxaik inonch-e’tiqodlarga aloqador mifologik arxetiplar diffuziyasi, mifologik syujet va motivlar stilizatsiyasi, jahon xalqlari mifologiyasi elementlarining transformatsiyasi kabi tiplardan iboratligi dalillangan;
miflarning yozma nasr badiiy kontekstidagi poetik o‘rni va mifologizmlarning badiiy matn strukturasi asosida hozirgi o‘zbek adabiyotidagi mifologik syujet, motiv va obrazlarning o‘sish-o‘zgarish xususiyatlari ochib berilgan;
hozirgi o‘zbek nasrida qadimgi miflarga xos voqelikni idrok etish va mifopoetik arxetiplardan foydalanishdagi an’anaviylik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek nasrida mifologizmlarning poetik vazifalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy qilingan:
hozirgi o‘zbek nasrida mifologizmlarning badiiy asar kompozisiyasida tutgan o‘rni, badiiy asar matnidagi mifologizmning xalq og‘zaki poetik ijodidagi talqinlari aniqlanib, mifopoetik elementlarning badiiy evolyusiyasi jarayoniga doir ilmiy xulosalaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2007-2011 yillarda bajarilgan FA-F8-032 raqamli 15 jildlik “O‘zbek fol`klori va adabiyoti tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 3/1255-1972-son ma’lumotnomasi). Natijada mifologizmlarning o‘zbek adabiyoti badiiy kontekstida tutgan o‘rni, ijodkorlarning mifik syujet va motivlardan foydalanishdagi o‘ziga xos mahorati, nasriy asarlar syujet-kompozision qurilishida mifologizmlarning funksional-semantik xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlarni mustahkamlashga erishilgan;
hozirgi o‘zbek nasridagi mifologizmlarning manbalari qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari va arxaik epik syujetlariga borib taqalishi hamda o‘zbek nasridagi neomifologizmlarni o‘rganish orqali badiiy asarning mifopoetik qurilishini belgilovchi yetakchi semantik modellar aniqlanganligiga oid nazariy xulosalaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GO40 raqamli “O‘zbek adabiyotshunosligi qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: ta’sir va tipologiya” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 3/1255-1972-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha nasriy asarlardagi mifik syujetlar, obraz va motivlarining badiiy asar syujet-kompozision to‘qimasiga singdirib yuborilishi natijasida yuzaga kelgan o‘ziga xosligi haqidagi ilmiy-nazariy materiallar bilan boyitilgan;
mifning dunyo xalqlari, shu jumladan, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari nasridagi poetik transformatsiyasi hamda mifologizmlarning jahon adabiyotshunosligidagi ilmiy-nazariy talqinlariga doir materiallari va xulosalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar tadqiqotlar institutida bajarilgan “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 29 sentyabrdagi 17.01/99-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mif va uning badiiy adabiyot taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilash, yozma adabiyotdagi mifologizmlarning tipologiyasi, semantik tabiati va tasnifiga doir yangi ilmiy qarashlarni aniqlash imkonini bergan;
hozirgi o‘zbek nasridagi mifologizmlar tabiati va talqini, mifologizmlarning adabiy ehtiyojga aylanishi qonuniyatlari, hikoya, qissa va romanlardagi mifik obraz va syujetlar tahliliga doir ilmiy maqolalaridagi faktik materiallar va nazariy xulosalaridan 2018-2020 yillar mobaynida Turkiyaning Karabuk universiteti Adabiyot fakul`tetidagi “Turk tili va adabiyoti” bo‘limi talabalariga TED323 “Ozbek edebiyati”, TED303 “Halk edebiyati” fanlaridan ma’ruzalar o‘tishda foydalanilgan (Turkiya davlati Karabuk universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limi ma’lumotnomasi). Natijada Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam, Asad Dilmurod kabi yozuvchilar asarlaridagi neomifologizmlar tabiati, badiiy asar matnidagi mifologemalar, ramziy-mifologik obrazlar, mifik syujet va motivlarning xalq og‘zaki ijodidagi manbalari xususida talabalarga ma’lumot berilgan;
Turkiyaning Ankara Haci Bayram Veli universiteti Adabiyot fakul`teti Qardosh Turk tillari va adabiyoti bo‘limida o‘zbek adabiyotidan ma’ruzalar o‘tishda foydalanilgan (Ankara Haci Bayram Veli universiteti adabiyot fakul`tetining 2020 yil 3 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada “Hozirgi o‘zbek nasrida mifologizm” (2020) nomli monografiyasidan neomifologizmlar tabiati, badiiy asar matnidagi mifologemalar, ramziy-mifologik obrazlar, mifik syujet va motivlarning xalq og‘zaki ijodidagi manbalari xususida talabalarga keng ko‘lamli ma’lumot berilgan;
o‘zbek adabiyotidagi mifologik tasavvurlarning poetik transformatsiyasi va mifik syujetlarning stilizatsiyasida ijodkor badiiy mahorati tahliliga doir ilmiy umumlashmalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan yosh ijodkorlarning mahoratini o‘stirish maqsadida o‘tkazilgan adabiy suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 12 noyabrdagi 01-03-05/955-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarga qadimgi mifologik tasavvurlar asosida arxetiplarning badiiy asar kontekstidagi talqinlariga doir yangi ma’lumotlar berilgan;
hozirgi o‘zbek nasridagi mifologizmlarning manbalari, qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari va arxaik epik syujetlariga borib taqalishi hamda mifologizmlarning badiiy asar kompozisiyasida tutgan o‘rniga doir xulosalaridan Navoiy davlat pedagogika institutida bajarilgan F1-XT-0-19919 «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni» fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89.03-4889-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim rol` o‘ynagan mifologizm va mifik syujetlarning badiiy asarda o‘ziga xos talqinlari hamda mifologiyaning yozma adabiyotning shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri oydinlashtirilgan.