Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tanlangan nurlanishda ishlovchi fototermogeneratorning optik va fotoelektrik hususiyatlarini tadqiq qilish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2437
Ilmiy maslahatchi: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘zg‘aluvchan tirqishli himoya blokiga ega tanlangan nur fototermogeneratori tarkibidagi yarimo‘tkazgichli fotoo‘zgartirgichning optik va fotoelektrik parametrlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor, selektiv nur fototermogeneratori uchun, qo‘zg‘aluvchan tirqishli himoya blokini yaratildi va Si asosidagi quyosh panelining foydali ish koeffisientini 6-7% dan 15-16% ga oshirishga erishilgan; 
fototermogenerator uchun ishlab chiqilgan quyosh trekeridan foydalanish natijasida fotoelementning energiya ishlab chiqarish imkoniyatidan foydalanish samaradoriligi 97,5% gacha etishi aniqlangan;
yorug‘lik nurining tushish burchagiga bog‘liq energiya yo‘qotish miqdorini aniqlash uchun ishlab chiqilgan formuladan foydalanish fototermogeneratorning quyosh nurlari tushish burchagiga nisbatan optimal     joylashish koordinatalarini hisoblash imkonini bergan;
tanlangan nur fototermogeneratori fotoelektrik qismining elektrofizik parametrlarini tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot kompleksi, qurilma uchun optimal parametrli yarimo‘tkazgichli materiallardan tayyorlangan fotoelementlarni tanlash imkonini yaratgan; 
ilk bor, fotoelementni spektrning fotoaktiv sohasiga avtomatik joylash texnologiyasini yaratildi, va natijada, fotoelementning qizish vaqtini uzaytirish va haroratini 37 oS dan ortiq bo‘lmagan holda saqlashga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yarimo‘tkazgichli foto- va termoelementlar asosida qo‘zg‘aluvchan tirqishli himoya blokiga ega tanlangan nur fototermogeneratorini yaratish natijasida:
tushuvchi yorug‘lik nurining, fototermogenerator normaliga nisbatan tushish burchagi qiymatiga bog‘liq ravishda, yuzaga keluvchi energiya yo‘qotilish foizini hisoblash uchun taklif qilingan analitik formula va u asosida ishlab chiqilgan algoritmik modeli; foto va termoelementlardan tashkil topgan, tanlangan nur fototermo-generatorinining optik parametrlarini tadqiq etish uchun yaratilgan, imitatsion va amaliy modellari O‘zR FA «Fizika-Quyosh» IIChB Materialshunoslik instituti tasarrufidagi issiqlik quvvati 1 MVt bo‘lgan noyob ilmiy-texnik qurilma – Katta Quyosh sandonining geliostat maydonini boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish doirasida IZ-20170927404 raqamli «Katta Quyosh Pechi geliostat maydonini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish» loyihasida qo‘llanilgan. (O‘zRFA ning 18.11.2021 yildagi №2/1255-3213 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishining natijalaridan foydalanish elektr toki generatsiya qilishdagi tafovutlar orqali geliostatik quyosh ortidan ergashish aniqligini baholash imkonini bergan;
dissertatsiya ishining natijalari Farg‘ona viloyatida «Buvayda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi» da joriy etildi. Unda qo‘zg‘aluvchan tirqishli himoya blokiga ega, selektiv nurda ishlashga mo‘ljallangan fototermogeneratori ko‘rinishidagi, quvvati 100 Vt gacha bo‘lgan mobil yoritish tizimining elektr manbaini quvvatlash vositasi sifatida qo‘llangan (O‘zR AY qo‘mitasining 27. 09. 2021 yildagi №02-3756 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishining natijalaridan foydalanish kunlik f.i.k. 6-7% ni tashkil etuvchi MSM12-700 quyosh modulining kunlik o‘rtacha f.i.k. ni 15-16% ga etkazish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish